O'zbekiston

Islom taraqqiyot banki Qoraqalpog‘istonga 200 million dollar ajratdi

Mazkur mablag‘ qishloqlarni rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

Islom taraqqiyot banki Qoraqalpog‘istonga 200 million dollar ajratdi

 

Islom taraqqiyot banki Qoraqalpog‘istonda qishloq hududlarini rivojlantirish uchun 200 million dollar ajratdi. Bu haqda UNDP Uzbekistan xabar berdi.

 

Islom taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi monitoring missiyasi doirasida delegatsiya rahbari Vaxyu Vijayantoning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Farxod Ermanov, Iqtisodiyot va Moliya vazirligining Loyihani amalga oshirish guruhi va BMTTD vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuv davomida tomonlar Qoraqalpog‘istonning maqsadli hududlarida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasining borishi va loyiha tashabbuslarini amalga oshirishdagi muammolarni muhokama qilishdi.

 

Mazkur loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad mahalliy aholining faol ishtiroki orqali qishloq hududlarini rivojlantirishdan iborat.

 

“Bugungi kunga qadar loyiha 113 ta qishloqni rivojlantirish rejalarini ishlab chiqdi. Ulardan 31 tasi Qoraqalpog‘istonning 5 ta tumanidagi 160 ta ijtimoiy infratuzilma obyektlarini yaxshilashga qaratilgan”, — deyiladi xabarda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Islom taraqqiyot banki O‘zbekistondagi maktablarni qurish va taʼmirlashga mablag‘ ajratishni rejalashtirgani maʼlum qilingandi. Ajratilgan mablag‘lardan ayrim maktablar taʼmirlanadi hamda yangi maktablar va sport zallar quriladi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"