O'zbekiston

Rossiya fuqarosi O‘zbekistonga to‘pponchalar olib o‘tmoqchi bo‘ldi

Qurol-aslahalar “Dovut-ota” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan fosh etildi.

Rossiya fuqarosi O‘zbekistonga to‘pponchalar olib o‘tmoqchi bo‘ldi

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Dovut-ota” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Feya” laqabli xizmat iti yordamida Rossiya Federatsiyasidan O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan “CADILLAC” rusumli avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Unda Rossiya fuqarosiga tegishli bo‘lgan, bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi taqdim qilinmagan 1 dona gazli to‘pponcha, 9 dona to‘pponchaning gaz ballonlari, 1050 dona “Vistrel kalibr 4,5 mm” nomli droblar va 2 dona gazli to‘pponcha uchun kaburalarni o‘z ehtiyoji uchun olib kelayotgani aniqlandi.

 

Shuningdek, yana bir xuddi shunday holat aniqlandi: “Dovut-ota” chegara bojxona posti orqali Rossiya Federatsiyasidan mamlakatimizga kirib kelgan “FORD” rusumli avtotransport vositasida yurtimizda faoliyat yuritayotgan MCHJlarning birining nomiga olib kelinayotgan xalqaro kuryerlik jo‘natmalari bojxona ko‘zdan kechiruvidan o‘tkazildi.

 

Natijada esa, kuzatuv hujjatlarida va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan, tegishli ruxsatnomalarga ega bo‘lmagan oq rangli polietilen qop ichida avval foydalanilgan 1 dona qora rangli “4,5 mm (VV CAL)” yozuvli pnevmatik to‘pponcha borligi aniqlandi.

 

Mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, amaldagi qonunchilik talablariga ko‘ra, fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish va O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzitini amalga oshirish Ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatnomalariga ko‘ra amalga oshiriladi.

 

Pnevmatik, signal beruvchi, uloqtirish qurolini, o‘zini o‘zi himoya qilish qurolini ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatnomalarisiz realizatsiya qilish, olish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, ko‘rgazmaga qo‘yish, ulardan foydalanish, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit olib o‘tish — qurolni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"