O'zbekiston

O‘zbekistonda bosh sovrini elektromobil bo‘lgan tanlov o‘tkaziladi

Tanlov 15-martdan 1-iyunga qadar davom etishi aytilmoqda.

O‘zbekistonda bosh sovrini elektromobil bo‘lgan tanlov o‘tkaziladi

 

O‘zbekiston bo‘ylab “Quyoshli xonadon” nomli yirik dastur ishga tushmoqda

 

Vazirlar mahkamasining farmoyishiga asosan, 2023 yilda respublika hududlarida aholi xonadonlariga kichik quvvatli quyosh panellarini o‘rnatishni rag‘batlantirish bo‘yicha “Quyoshli xonadon” dasturi amalga oshiriladi.

 

Ushbu dastur asosida O‘zbekiston hududlarida 36,6 mingta aholi xonadonlarida umumiy kuvvati 182,1 MVt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatiladi.

 

Shuningdek, dastur doirasida quyosh panellarini o‘rnatish va undan foydalanishni jadallashtirish hamda ushbu ishlarni rag‘batlantirish maqsadida “Quyoshli mahalla” tanlovini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

 

“Quyoshli mahalla” tanlovi g‘oliblari quyidagi tartibda mukofotlanadi:

 

  • respublika bo‘yicha bosh sovrin - bazaviy hisoblash mikdorining 1 200 baravari miqdorigacha bo‘lgan qiymatdagi elektromobil.

 

Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining har biri bo‘yicha:

 

  • 1-o‘rin - BHMning 400 baravari miqdorigacha bo‘lgan qiymatdagi 10 kVt quvvatli quyosh fotoelektr tizimi o‘rnatib beriladi;
  • 2-o‘rin - BHMning 200 baravari miqdorigacha bo‘lgan qiymatdagi 5 kVt quvvatli quyosh fotoelektr tizimi o‘rnatib beriladi;
  • 3-o‘rin - BHMning 100 baravari miqdorigacha bo‘lgan qiymatdagi 3 kVt quvvatli quyosh fotoelektr tizimi o‘rnatib beriladi.

 

Tanlov 15 martdan 1 iyunga qadar o‘tkaziladi. U Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, mahalla (qishloq, ovul) fuqarolari yig‘inlari miqyosida o‘tkaziladi hamda 14 ta hududning har biri bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"