O'zbekiston

Ko'krak nishonlari soni yana bittaga ko'paydi

Bu bo'yicha Prezident taklif berdi.

Ko'krak nishonlari soni yana bittaga ko'paydi

 

Shavkat Mirziyoyev “El-yurt fidoyisi” koʻkrak nishoni taʼsis etish taklifini bildirdi. Davlat rahbari Termiz shahridagi “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyini borib koʻrdi

 

Oʻtgan yili litsey uchun yangi bino barpo etilgan. Bu yerda ijtimoiy va aniq fanlar yoʻnalishlarida 200 dan ortiq oʻquvchi taʼlim-tarbiya olmoqda.

 

Davlat rahbari shu yerda Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlarning oila aʼzolari bilan uchrashdi. Videoaloqa orqali tadbirga Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar vakillari ham bogʻlandi.

 

Maʼlumki, mustaqillikka erishish, tinchlikni saqlash oʻz-oʻzidan boʻlmaydi. Xalqimiz ham koʻp sinovli kunlarni boshidan kechirdi. Osoyishta hayotimizni izdan chiqarishga urinishlar, terrorchilik xurujlari boʻldi. Botir harbiylarimiz jasorat koʻrsatib, gʻarazli kuchlarga qaqshatqich zarba bergan. Ming afsuski, bu kurashda yuzlab mard harbiylarimiz, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari halok bo'lgan.

 

Uchrashuvda davlatimiz rahbari ularni nomma-nom yodga oldi. Bunday dovyurak farzandlarni dunyoga keltirib, haqiqiy vatanparvar qilib tarbiyalagan ota-onalarga, ularning umr yoʻldoshlari va farzandlariga xalqimiz nomidan chuqur minnatdorchilik bildirdi.

 

Davlat rahbari bunday mard insonlarni voyaga yetkazgan ota-onalari, farzandlari doimo yurtimiz ardogʻida boʻlishi zarurligini taʼkidlab, “El-yurt fidoyisi” koʻkrak nishoni taʼsis etish taklifini bildirdi. Bu nishon guvohnomasi Oliy Bosh qoʻmondon tomonidan imzolanadi. Ushbu eʼtirof egalari barcha imtiyozlarga ega boʻladi.

 

Bugun dunyoning turli nuqtalarida yangi tahdid va qurolli toʻqnashuvlar yuz bermoqda. Bunday tahlikali vaziyat xalqimizni ham bezovta qilishi tabiiydir. Shu bois davlatimiz mustaqilligini, xalqimiz tinchligini himoyalashga katta ahamiyat qaratilmoqda.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"