O'zbekiston

Namanganlik ayol erining eʼtiborini tortish uchun jinoyatga qo‘l urdi

Hozirda u garovga olingan.

Namanganlik ayol erining eʼtiborini tortish uchun jinoyatga qo‘l urdi

 

Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida ayol erining eʼtiborini tortish maqsadida jinoyatga qo‘l urdi. Holat yuzasidan viloyat IIB maʼlumot berdi.

 

Joriy yilning 10 fevral kuni To‘raqo‘rg‘on tumani IIBga 21 yoshli B.M. qo‘ng‘iroq qilib, nomaʼlum shaxs uning xonadoniga yuziga niqob taqqan holda kirib, uni va 1 yoshli qizini o‘ldirish bilan qo‘rqitganini, hayot va sog‘lik uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib qo‘lida bo‘lgan pichoq bilan uning bo‘yin qismiga jarohat yetkazgani va uyida bo‘lgan narxi 19 mln 200 ming so‘mlik tilla-taqinchoqlarini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, voqea joyidan yashiringanini xabar qilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksning 164-moddasi 3-qismi «v» bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Maʼlum bo‘lishicha, jabrlanuvchi B.M. turmush o‘rtog‘i unga nisbatan beeʼtibor bo‘layotgani sababli uning eʼtiborini o‘ziga jalb qilish maqsadida,shu kuni xonadonida hech kim yo‘qligidan foydalanib, barcha xonalarini titib tashlagan. Birga yashovchi qaynonasi yotoqxonasidan 19 mln 200 ming so‘mlik tilla-taqinchoqlarini yashirib, bo‘yniga igna orqali shilinma tortgan va go‘yoki yashash xonadoniga nomaʼlum shaxs g‘ayriqonuniy ravishda kirib, pichoq bilan o‘zi va chaqalog‘ini o‘ldirish bilan qo‘rqitib, tilla taqinchoqlarni olib ketganligi haqida To‘raqo‘rg‘on tumani IIBga yolg‘on xabar bergan.

 

B.M.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda o‘zi tomonidan yashirilgan tilla taqinchoqlar ashyoviy dalil sifatida xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan B.M. Jinoyat kodeksning 237-moddasi 2-qismi «G» bandi (o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab sodir etilgan yolg‘on xabar berish) bilan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, unga nisbatan “garov” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

Jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan tegishli sudlov organiga yuborish masalasini hal etish uchun To‘raqo‘rg‘on tuman prokuraturasiga yuborilgan.

 

 

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"