O'zbekiston

Qashqadaryoda to‘y kunida mashina oynasidan tanasini chiqarib, pul sochganlarga chora ko‘rildi

Holat bo‘yicha viloyat IIB maʼlumot berdi.

Qashqadaryoda to‘y kunida mashina oynasidan tanasini chiqarib, pul sochganlarga chora ko‘rildi

 

Ijtimoiy tarmoqda Qashqadaryodagi to‘yda kuyovning do‘stlari avtomashina harakatlanishi vaqtida oynadan tanasini chiqarib, soxta pullar sochgani aks etgan video tarqaldi. holat yuzasidan viloyat IIB maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, Chiroqchi tumanida yashovchi fuqaroning nikoh to‘yi munosabati bilan to‘plangan uning tanishlari ikkita Lacetti‘da harakatlanish davomida soxta pullarni sochib, tomosha ko‘rsatishgan. Bir nafar videotasvirchi esa tanasini mashina oynasidan chiqarib, holatni videoga olgan. Holat yuzasidan surishtiruv olib borilganda haydovchilar 23 yoshgacha bo‘lgan yigitlar ekani aniqlandi. Ularning ko‘pchiligi ota-onasining mashinalarini olib chiqishgani maʼlum bo‘ldi.

 

“Mashinaning oynasidan tanamni chiqarib videoga olganimni kuyovning do‘stlari suratga olib, internetda tarqatib yuborgan ekan. Qilgan ishimdan pushaymonman”, — deydi tasvirchi.

 

Shuningdek, haydovchi ham tasvirchining bu ishiga beparvolik qilganini tan olib, uzr so‘radi. Avtomobillarini o‘g‘illariga bergan otalar bu ishidan pushaymonligini bildirishdi. Avtomashina egalari va videotasvirchiga MJtKning 138-moddasi 4-qismi bilan jarima jazosi tayinlandi.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"