O'zbekiston

Bosh vazirga matbuot kotib tayinlandi

Bekzod Shukurov tayinlovga qadar Vazirlar Mahkamasi Turizm, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyatining Ommaviy kommunikatsiyalar va axborot ochiqligini taʼminlash masalalari shuʼbasi mudiri vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Bosh vazirga matbuot kotib tayinlandi

 

Bekzod Abduqayumovich Shukurov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining matbuot kotibi etib tayinlandi.

 

Bekzod Shukurov O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakulʼteti tamomlagan. 2002-2014 yillarda “O‘zbekiston ovozi” gazetasida muxbir, bo‘lim mudiri, bosh muharrir o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 2014-2018 yillarda “Jamiyat” gazetasining bosh muharriri bo‘lgan, 2018 yildan buyon Vazirlar Mahkamasida ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis vazifasida ishlagan.

 

“O‘zbekiston ovozi” gazetasida ijtimoiy-siyosiy mavzulardagi, xususan saylovlar, parlament faoliyati, ayniqsa, siyosiy partiyalar o‘rtasidagi bahs-munozaralarga bag‘ishlangan maqolalari bilan jamoatchilikka tanilgan. “Jamiyat” gazetasi uning bosh muharrirligida tahliliy-tanqidiy maqolalari bilan ko‘pchilikning eʼtiboriga tushgan.

 

Bekzod Shukurov 2011 yilda “Oltin qalam” milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov g‘olibi bo‘lgan. 2017 yilda “Eʼtirof” milliy tanlovida yilning eng yaxshi publitsisti deb topilgan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"