O'zbekiston

Bugun poytaxtning ayrim hududlari gazsiz qoladi — ro‘yxat

Soat 10:00 dan 17:00 ga qadar gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Bugun poytaxtning ayrim hududlari gazsiz qoladi — ro‘yxat

 

Bugun Toshkentning Yashnobod, Mirobod, Bektemir va Uchtepa tumanlarining ayrim joylarida gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, yuqori bosimli gaz taqsimlash punktlarida taʼmirlash ishlari olib boriladi. Shu sababli soat 10:00 dan 17:00 ga qadar qator tabiiy gaz isteʼmolchilarida gaz taʼminoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

 

Yashnobod tumanida

2-Tolariq va Bunyodkor ko‘chalarida gaz bosimi pasayadi;

Farg‘ona va O‘zBUM ko‘chalaridagi 6 ta ko‘p qavatli uylardagi 160 ta aholi xonadonlarida;

Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi 20 ta uy xo‘jaligida;

O‘zBUM ko‘chasi 4 ta ko‘p qavatli uydagi jami 100 ta aholi xonadonlarida;

“Assalom sohil” mavzesidagi 4 ta ko‘p qavatli uydagi jami 620 ta aholi xonadonlarida;

“Obod makon” MFYdagi 21 ta ko‘p qavatli uydagi 1 100 ta aholi xonadonida;

“A.Yassaviy”, “Boysun”, “Maʼrifat”, ”Shirinobod” MFYlari hududidagi 3500 ta aholi xonadonida gaz bosimi pasayadi;

Baku ko‘chasida shisha sexi, “Jo‘rabek” MFY hududidagi issiqxona.

 

Mirobod tumani

“Fayzobod” va “Oq Uy” MFYlaridagi jami 1 300 ta uy xo‘jaliklarida;

Yuqorida ko‘rsatilgan MFYlar hududidagi maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari 56 ta;

“Fayziobod” MFY hududidagi muzqaymoq sexi, qog‘oz ishlab chiqarish sexi, “Gofra prodakshn”, “Ruta” oilaviy korxonasi;

Fayziobod YPX binosi, Marhabo mehmonxonasi;

Maishiy xizmat ko‘rsatish 2 ta, Temir yo‘l omborxonasi, Bojxona omborxonasi;

“Oq uy” MFY, Otchopar ko‘chasidagi gaz quyish shoxobchasi AGNKS, 2 dona novvoyxona.

Mirobod tumani Xushnud ko‘chasidagi d-108 millimetrli yuqori bosim gaz quvuriga KI-STG-650/108 rusumli gaz hisoblagich o‘rnatish ishlari olib boriladi. Shu sababli soat 10:00 dan 17:00 ga qadar quyidagi tabiiy gaz isteʼmolchilarida gaz taʼminoti vaqtinchalik to‘xtatiladi:

Mirobod tumanida “Qo‘yliq Ota” MFYdagi jami 300 ta uy xo‘jaligida hamda 10 ta ulgurji isteʼmolchilarda.

 

Bektemir tumani

Bektemir tumani “Nurafshon” MFYdagi jami 70 ta uy xo‘jaligida.

 

Uchtepa tumani

Uchtepa tumani “Foziltepa” MFYdagi gaz bosimini meʼyorlash maqsadida, Izza ko‘chasidagi o‘rta bosim gaz quvurlarini halqalash va avariya tiklash ishlari amalga oshirish rejalashtirilgan. Shu tufayli soat 10:00 dan 15:00 ga qadar tumanning “Foziltepa” MFYdagi jami 220 ta uy xo‘jaligida, shuningdek hududdagi 18 ta ulgurji isteʼmolchida tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik o‘chiriladi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"