O'zbekiston

Sirdaryo: o‘rmon xo‘jaligidagi yong‘inda 500 dan ortiq daraxtlar shikastlangani aniqlandi

O‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar deyarli 495 million so‘mni tashkil etgan.

Sirdaryo: o‘rmon xo‘jaligidagi yong‘inda 500 dan ortiq daraxtlar shikastlangani aniqlandi

 

Tabiat resusrlari vazirligining maʼlum qilishicha, joriy yilning 7 mart kuni Sirdaryo tumanining “Sholikor” SIU hududidagi “Qolgansir“ davlat o‘rmon ov xo‘jaligi yer maydonida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan Tabiat resurslari vazirligining Sirdaryo viloyati boshqarmasi va tegishli mutasaddi tashkilotlar xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzilib, o‘rganish ishlari olib borildi.

 

O‘rganish davomida ”Qolgansir“ davlat o‘rmon ov xo‘jaligiga qarashli jami 10 gektar yer maydoni yongani maʼlum bo‘ldi.

 

 

Shundan 2 gektar yer maydonidagi mavjud manzarali daraxtlar tegishli tartibda xatlovdan o‘tkazilib, jami 4 turdagi 294 dona manzarali daraxtlar o‘sishdan to‘xtash, 4 turdagi 217 dona manzarali daraxtlar esa o‘sishdan to‘xtamaydigan darajada shikastlanganligi aniqlandi.

 

O‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar hisoblanganda 494 million 940 ming so‘mni tashkil etdi.

 

 

Yong‘inning kelib chiqishiga ”Sholikor“ va ”Sindorobod" SIU hududida faoliyat olib boruvchi 35 nafar fermer va dehqon xo‘jaliklari tomonidan sholidan bo‘shagan yer maydonidagi o‘simlik qoldiqlarining yoqib yuborilganligi sabab bo‘lgan va buning natijasida jami 311,7 gektar dala yer maydoni yongan.

Yong‘in oqibatida yerning unumdor qatlamidagi ball boniteti pasayishiga sabab bo‘lgan holatlar bo‘yicha dastlabki hisob-kitoblar qilinib, 295 million 627 ming so‘m zarar miqdori belgilandi.

 

Yuqoridagi holatlar bo‘yicha tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilmoqda.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"