O'zbekiston

Luiza Rasulovaga tahdid qilingani aytilmoqda

Hozirda aktrisa va uning onasi shifoxonaga yotqizilgan.

Luiza Rasulovaga tahdid qilingani aytilmoqda

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Chilonzor tumanida aktrisa Luiza Rasulova hamda uning oila aʼzolariga nisbatan tahdid qilingani aks etgan videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan shahar IIBB maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, 9 mart kuni soat 15.00 larda Chilonzor-6 dahasidagi ko‘p qavatli uylardan birining uyboshisi — 1959 yilda tug‘ilgan A.R. (Luiza Rasulovaning onasi) va shu ko‘p qavatli uyning ikkinchi qavatida joylashgan o‘quv muassasasi rahbari — 1971 yilda tug‘ilgan B.Ch. bilan o‘zaro nizo kelib chiqqan. Nizoning sababi A.R. ko‘p qavatli uyning umumiy kirish eshigiga kodli qulf qo‘yib, ikkinchi qavatda joylashgan o‘quv muassasasiga kelgan o‘quvchilarni kirishiga to‘sqinlik qilgan. Shu orada B.Ch. fuqaro A.R. ni qo‘lidan tortgan vaqtida A.R. va uning qizi Luiza Rasulova yerga yiqilgan.

 

L.Rasulova va uning onasiga tibbiy yordam ko‘rsatilishi uchun shifoxonaga yotqizilgan. Birlamchi maʼlumotga ko‘ra, A.R.da “ensa sohasi yumshoq to‘qimalarini lat yoyishi”, L.Rasulovada “o‘ng bilak va o‘ng tizza sohasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi” jarohatlari borligi aniqlangan.

 

Fuqaro B.Ch. profilaktika inspektori tomonidan ushlanib, yaqin oradagi IIBga olib borilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"