O'zbekiston

Yangiyerda erkak xotini va o‘zini pichoqlab o‘ldirdi

Voqea ayol tahsil oladigan kollejda yuz bergan.

Yangiyerda erkak xotini va o‘zini pichoqlab o‘ldirdi

 

Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida er xotinini qasddan o‘ldirib, so‘ng o‘ziga pichoq urdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib, “Daryo” nashri yozmoqda.

 

Maʼlum qilinishicha, voqea 2 mart kuni soat 08:20 larda Yangiyer shahar tibbiyot kolleji hovlisida yuz bergan. Fuqaro R.U. shu kollejning ikkinchi bosqich talabasi bo‘lgan turmush o‘rtog‘i D.U.ni oilaviy kelishmovchilik negizida qasddan o‘ldirish maqsadida o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan uning o‘ng bo‘yin, o‘ng va chap ko‘krak, chap oyoq boldir sohalariga jami yetti marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.

 

Shundan so‘ng R.U. sodir qilgan jinoyati uchun javobgarlikdan qochish maqsadida qo‘lidagi pichoq bilan o‘zining bo‘yin va ko‘krak sohalariga ikki marotaba urib, o‘ziga-o‘zi og‘ir tan jarohatlari yetkazgan.

 

U olgan tan jarohatlari bilan Yangiyer shahar tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan kasalxonada vafot etgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Yangiyer shahar prokuraturasi tomonidan R.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlariga kirishilgan.

 

Maʼlumot uchun, marhuma ayol 40 yoshda, uning eri 45 yoshda bo‘lgan. Ularning uch nafar farzandi bor.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"