O'zbekiston

To‘rtko‘ldagi suv toshqini bo‘yicha qator mansabdorlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jinoyat ishi doirasida fuqarolarga yetkazilgan zararni aniqlash yuzasidan ekspertiza ham tayinlangan.

To‘rtko‘ldagi suv toshqini bo‘yicha qator mansabdorlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosh prokuraturasi rasmiy maʼlumot berishicha, joriy yilning 24 fevral kuni tungi soat 03:00 larda To‘rtko‘l tumani, “Kaltaminor” OFY hududidan o‘tuvchi “Kaltaminor-1” kanalining o‘ng qirg‘og‘ida suvning ko‘tarilishi hisobiga kengligi 5 m, chuqurligi 1.78 m bo‘lgan suv toshib chiqish hodisasi sodir bo‘lgan.

 

Toshqin natijasida shu hududda yashovchi 7 nafar fuqaroning yashash uyi va yordamchi xo‘jalik inshootlariga zarar yetkazilgan.

 

Suv toshqini jarayonida jarohatlangan fuqarolar bo‘lmagan.

 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan shu kuni soat 07 ga qadar suv toshqini bartaraf etilib, to‘planib qolgan suvdan hovli yer maydonlari tozalangan.

 

Shu kunning o‘zida hodisa joyiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashi, Vazirlar Kengashi hamda respublika prokuraturasi masʼullari yetib borib, vaziyat joyida o‘rganilib, suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha hududiy sektor rahbarlari hamda boshqa masʼullarga tegishli topshiriqlar berilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan shu kunning o‘zida To‘rtko‘l tuman prokuraturasi tomonidan “Paxta Arna Nayman” irrigatsiya tarmoqlari boshqarmasi va To‘rtko‘l tuman Irrigatsiya bo‘limi mansabdor shaxslari hamda boshqalarga nisbatan JKning 203, 207 va 229-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

"Jinoyat ishi doirasida fuqarolarga yetkazilgan zararni aniqlash yuzasidan ekspertiza tayinlangan.

Hozirda hodisa yuz berishiga sababchi bo‘lgan aybdorlarni aniqlashga qaratilgan tergov harakatlari olib borilmoqda, natijasiga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi", — deyiladi xabarda.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"