O'zbekiston

Terroristik tashkilot hududini qo‘riqlagan namanganlik yigit 9 yilga “kesildi”

U tashkilot sobiq yetakchisining maʼruzalarini muntazam tinglab kelgan.

Terroristik tashkilot hududini qo‘riqlagan namanganlik yigit 9 yilga “kesildi”

 

Suriyada terroristik tashkilot joylashgan hududni qo‘riqlagan namanganlik 24 yoshli yigit ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda “Yangi O‘zbekiston” nashri xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, yigit 2020 yilning sentyabr oyida mavsumiy ishlash maqsadida Turkiyaning Istanbul shahriga borgan. Tikuvchilik sexida ishlashi davrida internet orqali “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti sobiq yetakchisi “Abu Saloh”ning maʼruzalarini muntazam tinglagan va unda ekstremistik qarashlar shakllangan.

 

So‘ngra “Tavhid va jihod katibasi” jangarilari safiga qo‘shilish maqsadida internet orqali mazkur tashkilotning 2 nafar aʼzosi bilan tanishib, ularning yo‘l-yo‘riqlari asosida 2021 yilning yanvar oyida Suriya davlatiga o‘tgan.

 

U yerda harbiy tayyorgarlikdan o‘tib, “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti joylashgan hududni qo‘riqlash bilan shug‘ullangan.

 

Terrorizmga qarshi kurashish doirasida ushbu shaxs 2022 yilning iyun oyida u O‘zbekistonga olib kelingan hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Tergov boshqarmasi tomonidan unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman sudining hukmiga asosan mazkur fuqaro Jinoyat Kodeksining 155-2 moddasining 1-qismi va 244-2 moddasining 1-qismi bilan aybdor deb topilib, unga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"