O'zbekiston

"Har bir islohotda, qaror qabul qilishda o‘qituvchilar ko‘z oldimda bo‘ladi"

Prezident Qashqadaryoga tashrifini yangi maktab bilan tanishuvdan boshladi.

"Har bir islohotda, qaror qabul qilishda o‘qituvchilar ko‘z oldimda bo‘ladi"

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

Davlatimizning ijtimoiy siyosati har bir mahallaga kirib borish va aholi talabini manzilli hal etishga qaratilgan. Qarshi tumanidagi Yangi Batosh mahallasida ham infratuzilma izchil rivojlantirilmoqda. 2021 yilda tashkil topgan mahalla bo‘lgani bois bu yerda maktab yo‘q edi. 500 dan ortiq o‘g‘il-qiz 10 kilometr masofadagi maktabga qatnardi.

 

Yaqinda bu yerda yangi maktab qurib bitkazildi. Prezidentimiz mahallaga tashrifi chog‘ida uni kirib ko‘rdi.

 

Maktab 660 o‘rinli. O‘ttizdan ortiq sinfxonalar, kutubxona, faollar zali, oshxona, STEM laboratoriyasi, kompyuter xonasi va kasbga yo‘naltirish xonalari mavjud. Ochiq va yopiq sport maydonchalari, yo‘l harakati xavfsizligi yo‘laklari tashkil etilgan.

 

Maʼlumki, mamlakatimizda yoshlarni kamida ikkita chet tili va bitta zamonaviy hunarga o‘rgatish maktab taʼlimidagi asosiy yo‘nalish sifatida belgilangan. Yangi maktabda ham bunga sharoit yaratilgan. Maxsus jihozlangan xonalarda o‘quvchilar tikuvchilik, zargarlik, pazandachilik, sartaroshlik, elektrsozlik, kompyuter va mobil telefonlarga xizmat ko‘rsatish, robototexnika bo‘yicha kasb sirlarini o‘rganadi.

 

Davlatimiz rahbari o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘ldi.

 

- Shunday sharoit yaratayapmizki, o‘quvchilar maktabdan chet tillarini va hunar o‘rganib chiqadi. 11-sinf hayot yo‘li sinfi bo‘ladi. Agar har bir yosh shunday o‘qib, jamiyatda o‘z o‘rnini topsa, O‘zbekistonimizga mustahkam zamin bo‘ladi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Prezident shu yerda qashqadaryolik o‘qituvchilar bilan suhbatlashdi.

 

- Har bir islohotda, qaror qabul qilishda o‘qituvchilar ko‘z oldimda bo‘ladi, - dedi davlat rahbari. - Sir emas, ilgari bolalar uch oylab paxtaga chiqarilardi. Birgina Qashqadaryoda 155 ming o‘quvchi o‘rni yetishmasdi. Buning uchun viloyatga 1 trillion mablag‘ ajratildi. 215 ta maktab qurildi. Bugun Qashqadaryo maktablar soni bo‘yicha respublikada birinchi o‘rinda. O‘qituvchilarning oylik maoshlari ham oshirildi. Albatta, bularni yana davom ettiramiz. Lekin asosiysi - sifat bo‘lishi kerak. Bu avvalo o‘qituvchilarning bilimiga, dunyoqarashiga, fidoyiligiga bog‘liq.

 

Uchrashuvda pedagoglar o‘z faoliyati haqida so‘zlab, fikr va takliflarini bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"