O'zbekiston

Sirdaryoda noqonuniy baliq ovlovchilar aniqlandi

Ular hayvonot dunyosiga 25 mln zarar yetkazgan.

Sirdaryoda noqonuniy baliq ovlovchilar aniqlandi

 

Sirdaryo viloyatining Oqdaryo tumanida noqonuniy baliq ovlovchilar aniqlandi. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi xabar bermoqda.

 

Maʼlum qilinishicha, fuqarolar A.T. va A.A. Oqoltin tumani «A.Toirov» SIU hududidan oqib o‘tuvchi katta markaziy zovurdan elektr qarmoq yordamida 6 turdagi jami 26 dona (2 dona oq amur, 6 dona oq sla, 4 dona do‘ngpeshona, 10 dona oqqayroq, 1 dona tovonbaliq va 3 dona boshqa turdagi) baliqlarni noqonuniy ravishda ovlagan.

 

Tungi reyd tadbirida huquqbuzarlardan bir dona rezina qayiq, bir dona akkumulyator, elektr qarmoq va ovlangan baliqlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar A.T. hamda A.A.ga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunning 35- va 53-moddalari talabi buzilishi oqibatida hayvonot dunyosiga 25 740 000 so‘m zarar yetkazilganligi hisoblangan.

 

“Mazkur  holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar  huquqiy baho berish maqsadida sud organlariga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda”, — deyiladi xabarda.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"