O'zbekiston

O'tgan yili aholiga qancha "свет" va gaz yetkazib berilgan?

2022-yilda Energetika vazirligi tomonidan amalga oshirgan ishlar hisoboti e'lon qilindi.

O'tgan yili aholiga qancha "свет" va gaz yetkazib berilgan?

 

2022-yilning yanvar-dekabr oylari davomida respublikamizda jami 74,3 mlrd kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarildiBu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 mlrd kVt-soatga yoki 4,2 foizga ko‘pni tashkil qildi.

 

Elektr energiyasini yetkazib berish hajmi oshirildi

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida respublika iste’molchilariga 62,4 mlrd kVt-soat elektr energiyasi yetkazib berildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,2 mlrd kVt-soatga yoki 5,5 foizga ko‘pni tashkil qildi. 

2022/2023-kuz-qish davrida respublika iste’molchilariga jami 34 mlrd 565 mln kVt-soat (o‘tgan kuz-qish mavsumiga nisbatan 2 mlrd 254 mln kVt-soatga ko‘p) elektr energiyasi yetkazib berilishi rejalashtirilgan. Mavsum davomida aholiga 10 mlrd 759 mln kVt-soat elektr energiyasi yetkazib beriladi. 

 

Elektr tarmoqlarida modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari

Ishlab chiqarilgan elektr energiyasini iste’molchilarga sifatli yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida hududlarda 125,0 km uzunlikdagi magistral elektr uzatish tarmoqlari va 2 ta podstansiya qurildi.

Yuqori kuchlanishli 9 ta podstansiya modernizatsiya qilinib, ularning quvvati 1 241 megavolt amperga oshirildi. Shuningdek, 5 ming kilometrdan ziyod elektr uzatish tarmoqlari va 1113 ta transformator punkti yangilandi. 

 

Gaz va ko‘mir ta’minoti

Respublika bo‘yicha 54,9 km magistral gaz quvurlari va 17 ta gaz taqsimlash stansiyasi rekonstruksiya qilindi, 2 200 km magistral quvurlar texnik diagnostikadan o‘tkazildi.

Shuningdek, 50,7 km gaz tarmoqlari mukammal va joriy ta’mirlanib, rekonstruksiya qilindi, 299 ta gaz taqsimlash punkti rekonstruksiya qilinib, 69,8 mingtasi texnik taftishdan o‘tkazildi.

Jami 51,6 mlrd kub metr tabiiy gaz qazib chiqarildi. Suyuq uglevodorodlar qazib chiqarish 2 922,1 ming tonnani, shundan neft 789,3 ming tonna va kondensat 2 132,8 ming tonnani tashkil etdi.

871,7 ming tonna suyultirilgan gaz, 1 254,6 ming tonna avtobenzin, 800 ming tonna dizel yoqilg‘isi, 110,1 ming tonna mazut, 423,2 ming tonna polietilen, 83,7 ming tonna polipropilen ishlab chiqarildi.

2022-yilda respublika iste’molchilariga 37,7 mlrd kub metr, shundan aholiga 9,3 mlrd kub metr tabiiy gaz, 69,5 mlrd kVt-soat, shundan aholiga 15,3 mlrd kVt-soat elektr energiyasi yetkazib berildi.

Aholi iste’molchilari va ijtimoiy soha uchun 559,2 ming tonna suyultirilgan gaz hamda 1 412,3 ming tonna ko‘mir yetkazib berildi.

 

Investitsiya

Investitsiya dasturi doirasida 3 647,1 mln dollar hajmda, shundan to‘g‘ridan-to‘g‘ri 2 470 mln dollar xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi.

 

Aqlli gaz hisoblagichlar o‘rnatildi

Tabiiy gazni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etildi.

Ya’ni O‘zbekistondagi 3,5 milliondan ortiq aholi iste’molchilariga tabiiy gaz hisoblagichlarini o‘rnatish ishlari olib borildi.

Natijada bugungi kunda gaz ta’minoti korxonalarida “onlayn” rejimda masofadan nazorat qilish va to‘lovlarni oldindan amalga oshirish (“prepay”) tizimi yo‘lga qo‘yildi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"