O'zbekiston

OTMlarda talabalar uchta guruhga ajratiladi

Vazirlik bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

OTMlarda talabalar uchta guruhga ajratiladi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan oliygohlarda talabalarni uch guruhga ajratish bo‘yicha shoshilinch topshiriq berilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holatga vazirlik rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqda tarqalgan “Yoshlar o‘rtasida paydo bo‘layotgan yomon illatlardan ogoh qilish maqsadida taʼsirchan qisqa hikoyalar nashr qilish nazarda tutilsin” degan so‘zlar kontekstdan uzib olingan.

 

Biroq, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan hozirda shunday hikoyalar to‘plami nashr etishga tayyorlangan va ularni OTMlarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va kanallarida eʼlon qilinishi nazarda tutilgan. Bundan tashqari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalari Ibrohim Abdurahmonovning topshirig‘i bilan OTMlarda elektr energiya bilan taʼminlaydigan quyosh panellarini o‘z mablag‘lari hisobidan o‘rnatish ishlarini amalga oshiriladi.

 

Shuningdek, endilikda respublikadagi barcha OTMlardagi talabalar shartli ravishda uchta guruhga ajratiladi.

 

Jumladan:

— Jinoyatchilikka moyil talabalar;

— Yot g‘oyalar taʼsiriga tushish arafasidagi talabalar;

— Tartib qoidalarga rioya etmaydigan talabalar.

 

Ajratib olingan talabalarga vazirlik va oliy taʼlim muassasalarining rahbar-xodimlarini biriktirilib ularning ota-onalari bilan individual suhbatlar tashkil etib boriladi hamda talabalar bilan ham individual ravishda ish olib borish rejalashtirilgan.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"