O'zbekiston

Ko‘p kvartirali uylar davlat bog‘chalariga aylanishi mumkin

Bu haqda joriy yilgi Davlat dasturi loyihasida maʼlum qilingan.

Ko‘p kvartirali uylar davlat bog‘chalariga aylanishi mumkin

 

2023-yil 1-apreldan boshlab, O‘zbekistonda davlat bog‘chalari ko‘p qavatli uylarda tashkil etilishi mumkin. Bu haqda joriy yilgi Davlat dasturi loyihasida maʼlum qilingan. 

 

Mazkur loyihaga asosan, maktabgacha taʼlimdagi qamrov darajasini hozirgi 67 foizdan kamida 80 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

 

Masalan, bitta 150 o‘rinli davlat bog‘chasini yaratish uchun o‘rtacha 6 mlrd so‘m mablag‘ talab etiladi. Bundan tashqari, yangi bog‘chani qurish uchun yer masalasi og‘irligicha qolmoqda. Shu bilan birga, bitta 3 xonali kvartirada 25 nafar bola uchun bog‘cha tashkil etish mumkin. 150 nafar bola uchun 6 ta kvartirani xarid qilish va jihozlashga o‘rtacha 4 mlrd so‘m talab etiladi.

 

Bundan tashqari, davlat-xususiy sheriklik loyihasi doirasida ijaraga berilgan yer uchastkasida nodavlat MTT binosini qurgan xususiy sherikka ushbu binoni mazkur loyiha uchun bank kreditlari bo‘yicha garovga qo‘yishga oid cheklovlar bekor qilinadi.

 

1 600 ta oilaviy MTTlarini tashkil etish hisobiga 40 mingdan ortiq bolalar o‘rni yaratiladi. Buning uchun byudjetdan 185 mlrd so‘m jalb etiladi.

 

Natijada, maktabgacha taʼlim bilan qamrovni oshirishda xizmat qilayotgan va zarur moliyaviy resurslarga muhtoj bo‘lgan 594 ta tadbirkorga qo‘shimcha imkoniyat yaratiladi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Ko‘p kvartirali uylar davlat bog‘chalariga aylanishi mumkin