O'zbekiston

Shofirkonliklar muammolari hal etilmoqda

Prezident topshirig‘iga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida davom ettirmoqda.

Shofirkonliklar muammolari hal etilmoqda

 

O‘n sakkizta vazirlik va idoralar, viloyat, tuman sektorlari, sohaviy tashkilotlari rahbarlari va vakillari ishtirokida ishchi guruhlar va tezkor shtablar tuzilib, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat o‘rganilmoqda.

 

“Mahallabay” yurib, uyma-uy aholi muammolarini o‘rganish va hal etish bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etish maqsadida masʼullar ishtirokida o‘quv-seminarlari o‘tkazildi.

 

Bugunga qadar tomunda 50 ta mahallada 35 150 ta xonadon, 638 ta ijtimoiy soha va boshqa obyektlar to‘liq xatlovdan o‘tkazilgan.

 

Joylarda aniqlangan muammolarni hal etish maqsadida qator  amaliy ishlar bajarildi.

 

Xususan, Shofirkon aholisiga 695,4 tonna qo‘shimcha suyultirilgan gaz yetkazildi. Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 89 ta temir beton tayanchlar, 15 dona yangi transformatorlar o‘rnatildi, 4 ta transformator taʼmirlandi. Ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash maqsadida 14 ta mahallada ishlar boshlangan bo‘lib, hozirga qadar 24 km tarmoq tortish ishlari yakunlandi. Jami 49,8 km yo‘llar taʼmirlandi. Shundan, 6,1 km yo‘l asfalt qilindi, 39,7 km ichki yo‘llarga shag‘al yotqizildi, 4 km yo‘l betonlashtirildi.

 

“Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida 481 nafar fuqaroga 13,0 mlrd. so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi. 640 nafar fuqaroga 1,7 mlrd. so‘m subsidiya ajratildi.

 

425 nafar fuqarolarning bandligiga ko‘maklashildi. Shundan, 295 nafari doimiy ish bilan taʼminlandi, 32 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi, 68 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitildi, 30 nafariga ishsizlik nafaqasi tayinlandi.

 

“Ayollar daftari”ga kiritilgan 395 nafar ayollarga turli yordamlar ko‘rsatildi. Jumladan, 35 nafar xotin-qizlarga tikuv mashinalari, 20 nafariga inkubator, 51 nafar ayollarga mini pechlar berildi, 18 nafar ayollarga uy-joy taʼmiri uchun ko‘mak berildi.  

 

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan 84 nafar yoshlarga turli yordamlar ko‘rsatildi. Jumladan, 57 nafar yoshlarga kontrakt to‘lovlari to‘lab berildi, 15 nafariga tikuv mashinasi berildi, 6 nafar fuqaroga davolanish harajatlari qoplab berildi.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"