O'zbekiston

Qoraqalpog‘istonda sharoiti og‘ir oilalarning eskirgan uylari taʼmirlanadi

Buyurtmachilarga elektron shaklda taklif bermasdan, eng yaxshi takliflarni aniqlash huquqining berilishi Hukumatning tegishli qarorida belgilab qo‘yildi.

Qoraqalpog‘istonda sharoiti og‘ir oilalarning eskirgan uylari taʼmirlanadi

 

Vazirlar Mahkamasining 02.02.2023-yildagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish va mahallalar infratuzilmasini yana-da yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 52-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Qoraqalpog‘istonning Nukus shahri va tumanlaridagi og‘ir turmush sharoitidagi oilalarga tegishli uylarning tom qismini taʼmirlash (yopish) hamda yashash uchun yaroqsiz va avariya holatidagi uylarni yangidan qurish ishlarining yig‘ma parametrlari tasdiqlandi.

 

Amalga oshiriladigan qurilish-taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari bo‘yicha buyurtmachi Nukus shahri va shimoliy tumanlarda Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” DUK hisoblanadi.

 

Janubiy tumanlardagi uy-joylarning tom qismini taʼmirlash (yopish) va avariya holatidagi uy-joylarni yangidan qurish ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” DUK buyurtmachi etib belgilandi.

 

Janubiy tumanlardagi 2 000 km tuproq yo‘llarga qum-shag‘al yotqizish ishlari bo‘yicha Amudaryo, Beruniy, To‘rtko‘l va Ellikqalʼa tumanlari hokimliklarining Obodonlashtirish boshqarmalari buyurtmachi etib belgilandi.

 

Qarorda belgilangan chora-tadbirlarni qisqa muddatlarda yakunlash maqsadida pudratchi va loyiha tashkilotlarini, shuningdek, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilarni tanlash to‘g‘risida eʼlon maxsus axborot portalida joylashtirilmaydi. Buyurtmachilarga elektron shaklda taklif bermasdan, eng yaxshi takliflarni aniqlash huquqi beriladi.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 3.02.2023 yildan kuchga kirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"