O'zbekiston

Maktablarda sinf o‘quvchilari 20 nafarga qisqartiriladimi?

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabarlarga vazirlik izoh berdi.

Maktablarda sinf o‘quvchilari 20 nafarga qisqartiriladimi?

 

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistondagi maktablarda bir sinfdagi o‘quvchilar soni 20 nafargacha qisqartirilishi to‘g‘risidagi xabarlar tarqaldi. Holatga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi munosabat bildirdi.

 

Maʼlum qilinishicha, Prezidentning tegishli qaroriga ko‘ra, 2022–2026 yillarda umumiy o‘rta taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash hisobiga 1,2 million o‘quvchi o‘rni miqdoridagi yangi quvvatlar yaratilishi topshirilgan.

 

Qaror bilan 2022–2026 yillarda umumiy o‘rta taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashning asosiy prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlangan bo‘lib, unga ko‘ra respublika bo‘yicha 2899 ta maktabda qurilish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi.

 

“Ayni damda bir sinfda o‘quvchilar soni 35 nafardan oshmasligi belgilangan bo‘lib, blogerlardan yolg‘on maʼlumotlar tarqatmaslikni so‘rab qolamiz”, — deyiladi xabarda.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"