O'zbekiston

O‘zbekistonda ham kuchli yer silkinishi bo‘ladimi?

Bu haqda FVV maʼlumot berdi.

O‘zbekistonda ham kuchli yer silkinishi bo‘ladimi?

 

Avvalroq Turkiyada kuchli zilzila ro‘y bergani xabar qilingandi. Mazkur zilzila aholi o‘rtasida turli sarosimalar yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.

 

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi mamlakat hududida kuchli yer silkini ro‘y berishi yoki bermasligi haqida maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, Turkiya hududi seysmik faol zonada joylashgan bo‘lib, zilzilalar aynan mazkur seysmogen zonalarda sodir bo‘lmoqda.

 

Bugungi kunda respublikada Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Fanlar akademiyasi hamkorligida Seysmik vaziyatni baholash va kelgusidagi seysmik vaziyatni prognoz qilish bo‘yicha Idoralararo ekspert komissiyasi faoliyat yuritadi. Mazkur Idoralararo ekspert komissiyasi har hafta bo‘yicha Respublika va unga chegaradosh hududlarda zilzila sodir bo‘lish ehtimolligini kompleks-prognostik kuzatuv natijalariga asosan baholaydi.

 

Hozirgi kunda zilzilalarni prognoz qilish sohasida seysmometrik, geofizik, magnitometrik va gidrogeoseysmologik kuzatuvlar olib boriladi.

 

Olingan kuzatuv maʼlumotlari natijalariga asosan Idoralararo ekspert komissiyasining 2023 yil 3 fevraldagi 5-sonli bayoni xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston va unga chegaradosh hududlarda magnitudasi M≥5 bo‘lgan zilzilalar darakchilari aniqlanmagan hamda kuchli zilzilalar sodir bo‘lish ehtimoli mavjud emas.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"