O'zbekiston

“Hanuzgacha tizimda o‘g‘irlik juda katta”

Prezident energiya taʼminoti bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi.

“Hanuzgacha tizimda o‘g‘irlik juda katta”

 

Bugun, 6 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida energiya taʼminoti sohasida nazorat tizimini tartibga solish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

Yig‘ilishda energiya yetkazib berish va hisob-kitob tizimidagi muammolar tanqidiy tahlil qilindi. Yanvar oyidagi sovuq bu borada boshqaruv va nazorat susayib ketganini yaqqol ko‘rsatdi. Mutasaddi tashkilotlar avtomatik hisoblash tizimi elektr energiyasida 92 foiz, tabiiy gaz bo‘yicha 98 foiz o‘rnatilgan, deb hisobot bergan. Lekin haligacha debitor qarzdorlik yuqoriligicha qolmoqda.

 

Tumanlardagi tarmoq idoralari elektr va gazga ulanishga hisob-kitob va tahlillarsiz ruxsat beryapti. Masalan, Toshkent shahrining 120 ta mahallasida transformatorlar yuklamani ko‘tarmagani uchun bir oyning o‘zida 5-6 martalab taʼmirlangan.

 

Hanuzgacha tizimda o‘g‘irlik juda katta. Resurslar xo‘jasizlarcha talon-toroj qilinayapti. Birgina dekabr oyida elektr va gazdan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 12 mingdan ziyod holatda 600 milliard so‘mlik zarar aniqlangan. Avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari ustidan nazorat butunlay izdan chiqqan.

 

Shulardan kelib chiqib, energetika sohasida nazoratni kuchaytirish va qonun ustuvorligini taʼminlash bo‘yicha yangi tizim belgilandi. Bu tizimga energetika nazorati bo‘yicha ikki yil “favqulodda tartibda” ishlash vazifasi qo‘yildi. Energoinspeksiya va Majburiy ijro byurosining ishini takomillashtirish, elektr va tabiiy gazga ulanishda yangicha yondashuvlarni joriy qilish yuzasidan topshiriqlar berildi.

 

Yig‘ilishda energetika infratuzilmasini rivojlantirish masalalariga ham eʼtibor qaratildi. Xususan, Toshkent shahrining raqamli xaritasini ishga tushirish vazifasi qo‘yildi. Bunda auksionga chiqarilayotgan yerlarning joylashuvi, energetika, kommunal va ijtimoiy infratuzilma quvvati aniq ko‘rinib turadi.

 

Yig‘ilishda mutasaddilar yangi tizimni amalga oshirish masalalari yuzasidan axborot berdi. 

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"