O'zbekiston

Keyingi hafta ikki davlat TIV rahbari Toshkentga keladi

Tashrif doirasida hukumat tashkilotlarida uchrashuv va muzokaralar o‘tkaziladi.

Keyingi hafta ikki davlat TIV rahbari Toshkentga keladi

 

7-9-fevral kunlari Sloveniya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari − tashqi ishlar vaziri Tanya Fayon boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasida tashrif bilan bo‘ladi.

 

Tashrif doirasida Sloveniya delegatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi va boshqa hukumat tashkilotlarida uchrashuvlar o‘tkazadi hamda O‘zbekiston-Sloveniya biznes-forumida ishtirok etadi.

 

Sloveniya TIV rahbarining Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashishi rejalashtirilgan.

 

Bundan tashqari, 9-fevral kuni Vengriya tashqi ishlar va tashqi savdo vaziri Piter Siyarto Toshkentga keladi.

 

Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov bilan uchrashuv, shuningdek, boshqa vazirlik va idoralarda muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"