O'zbekiston

Afg‘onistonga temiryo‘l qatnovi nega to‘xtab qoldi?

Rasmiylar holat bo‘yicha izoh berishdi.

Afg‘onistonga temiryo‘l qatnovi nega to‘xtab qoldi?

 

Avvalroq Afg‘oniston temiryo‘l boshqarmasi kelishilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshira olmayotgani sababli 1 fevraldan Afg‘onistonga temiryo‘l qatnovi vaqtincha to‘xtatilishi maʼlum qilingandi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mazkur holatga izoh berdi.

 

Qayd etilishicha, 2022 yil dekabrda Afg‘onistonning maxsus komissiyasi bilan ko‘rib chiqilib, kelishilgan yangi shartnoma shartlari Afg‘oniston temir yo‘llari boshqarmasi rahbari tomonidan yangitdan sharhlanmoqda. Bunda OAV orqali o‘zbek tomonini ayblashga harakat qilinayotgani hamda kelishilgan xizmat qiymatlarini boshqacha talqin qilib o‘zini oqlash uchun foydalanilayotgani tushunarsiz vaziyatni yuzaga keltirmoqda.

 

Takidlanishicha, Xayraton stansiyasida amalga oshirishi lozim bo‘lgan texnik ishlarning o‘zlari tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilmagani bo‘yicha Afg‘oniston tarafdan hech qanday tushuntirish berilmayapti.

 

Avvalroq Xayraton stansiyasiga yetkazib berilgan vagonlarni bo‘shatish va qaytarish ishlarini tashkil etish uchun Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi “Mansor Fateh” kompaniyasini bilan shartnoma imzolagani to‘g‘risida maʼlumot tarqatilgandi. Ushbu tashkilot 31-yanvarga qadar Xayraton stansiyasida kelishilgan muddatda ishlarni tashkillishtirishga ulgurmagan.

 

Bundan tashqari, “Sogdiana trans” SHK tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida vaqtinchalik avtomobil transporti orqali yuklar tashuvini tashkillashtirishda yordam berishiga qaramay, qo‘shni davlat tomoni tadbirkorlarga yuklarni avtomobil transporti orqali tashimaslik to‘g‘risida tavsiya berayotgani haqida maʼlumotlar kelmoqda.

 

Afg‘oniston temiryo‘l boshqarmasi rahbariyatining iltimosiga ko‘ra, keyingi hafta boshida Termiz shahrida Afg‘onistonga temiryo‘l orqali yuklarni tashishni tashkil etish, Xayraton stansiyasiga yetkazib berish va olib chiqishni tashkil etish bo‘yicha “Sogdiana trans” SHK va Afg‘oniston temiryo‘l boshqarmasi o‘rtasida yangi shartnoma imzolanishi rejalashtirilmoqda.

 

“Shartnoma imzolangan kundan boshlab G‘alaba – Xayraton temiryo‘li ochilishi haqidagi yangiliklarni maʼlum qilamiz”, — deyiladi xabarda.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"