O'zbekiston

Bugundan “zapravka”larda Rossiya benzini sotuvga chiqarildi

Joriy oyda yana qo‘shimcha 50 ming tonna benzin xarid qilish rejalashtirilmoqda.

Bugundan “zapravka”larda Rossiya benzini sotuvga chiqarildi

 

O‘zbekistondagi “zapravka”larda Rossiya benzini sotuvga chiqarildi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” xabar berdi.

 

O‘zbekneftgaz tasarrufidagi AYOQSHlarda K5 ekologik sinfiga mos AI-80 rusumidagi import avtobenzini sotuvga chiqarildi.

 

Yanvar oyida Rossiyaning “Tatneft” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan AI-80-K-5 avtobenzinni import qilish bo‘yicha kelishuvga erishilib, “TANEKO” zavodidan jami 50 ming tonna AI-80-K-5 rusumdagi avtobenzini yuklab berilgan.

“AI-80 avtobenzinga bo‘layotgan talabning ortib borayotganligini hisobga olib, taqchillik, uzilishlar va AYOQSHlardagi navbatlarning oldini olish maqsadida, 4 fevral kunidan boshlab Jamiyat tasarrufidagi AYOQSHlar orqali import qilingan AI-80-K-5 rusumli avtobenzin sotuvga chiqarildi”, deyiladi xabarda.

 

Tovar-xomashyo birjasida AI-80-K-5 rusumli avtobenzinning boshlang‘ich narxi bir tonnasi uchun 7 168,3 ming so‘m, “O‘zbekneftgaz”ga qarashli AYOQSHlarda isteʼmolchilarga sotiladigan yakuniy narxi bir litri uchun 6 000 so‘mni tashkil etmoqda.

 

Fevral oyida “Tatneft” kompaniyasidan qo‘shimcha 50 ming tonna AI-80-K-5 avtobenzini xarid qilinishi rejalashtirilmoqda.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Bugundan “zapravka”larda Rossiya benzini sotuvga chiqarildi