O'zbekiston

Toshkentda yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

U qaysi manzillar bo‘ylab harakatlanadi?

Toshkentda yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

 

Toshkentda Chorsu savdo markazi bilan Moliya akademik litseyini bog‘lovchi yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar berdi.

 

Bugundan boshlab 152-sonli “Chorsu savdo markazi ASHB – Moliya akademik litseyi” yangi bog‘lovchi avtobus yo‘nalishi harakati tashkil etilmoqda. “Isuzu” rusumli avtobuslar soat 5:30 dan 22:30 gacha harakatlanadi.

 

Avtobuslar quyidagi manzillar bo‘ylab harakatlanadi:

 

“Chorsu savdo markazi ASHB”dan - A.Navoiy, Abay, Zulfiyaxonim, Labzak, KHAY, Ziyolilar, Do‘rmon yo‘li, Bog‘ishamol, Gulshan, Zarbuloq ko‘chalari orqali “Moliya akademik litseyi”ga qadar;

“Moliya akademik litseyi”dan - Zarbuloq, Ozodlik, Namangan, THAY, Bog‘ishamol, Do‘rmon yo‘li, Ziyolilar, KHAY, Labzak, Zulfiyaxonim, Abay, A.Navoiy, Samarqand Darvoza, A.Navoiy ko‘chalari orqali.

 

Mazkur yo‘nalishda xizmat ko‘rsatish huquqi "8-Avtobus saroyi" filialiga biriktirildi. Yo‘nalishdagi jadvallar soni avtobuslar asosida ish kunlariga 5 ta, shanba kunlariga 4 ta va yakshanba kunlariga 3 ta etib belgilangan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"