O'zbekiston

Surxondaryoda isteʼmolga yaroqsiz go‘sht mahsulotlari aniqlandi

Viloyat IIB go‘sht egasiga qanday chora ko‘rilganini maʼlum qildi.

Surxondaryoda isteʼmolga yaroqsiz go‘sht mahsulotlari aniqlandi

 

Surxondaryo viloyatida 26-yanvar kuni avtomashinada olib ketilayotgan sifatsiz go‘sht mahsulotlari aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

 

Qayd etiilishicha, “Darband” YPX maskanida Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha reyd tadbiri o‘tkazilgan. Tadbir davomida Sho‘rchi-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan fuqaro K.J. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashina to‘xtatilgan. Transport vositasining yukxonasi tekshirilganda unda veterinariya hujjatlarisiz 103 kg yirik shoxli mol go‘shti olib ketilayotgani aniqlangan.

 

Go‘sht mahsulotlari Boysun tuman laboratoriyasida isteʼmolga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini aniqlash maqsadida tekshiruvdan o‘tkazilgan. Tekshiruv xulosasiga ko‘ra, ular isteʼmolga yaroqsiz ekanligi maʼlum bo‘lgan. Hozirda go‘sht mahsuloti egasiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 109-moddasiga asosan bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda nomaʼlum sharoitda so‘yilgan mol go‘shti belgilangan tartibda yo‘q qilingan.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"