O'zbekiston

Sirdaryoda ko‘pkari uchun sovringa bo‘ri qo‘yishmoqchi bo‘ldi

Holat yuzasidan vazirlik munosabat bildirdi.

Sirdaryoda ko‘pkari uchun sovringa bo‘ri qo‘yishmoqchi bo‘ldi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryoda o‘tkaziladigan ko‘pkari uchun Zomin qo‘riqxonasidan bo‘ri olib kelinishi haqida videoxabar tarqaldi. Holat yuzasidan Tabiat resurslari vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi hamda Ichki ishlar  xodimlarining o‘rganishlarida videotasvirdagi fuqarolardan biri Xovos tumanining “Istiqlol” MFYda yashovchi fuqaro Sh.R ekanligi aniqlangan.

 

Sh.R ko‘pkariga sovrin uchun bo‘ri qo‘yishni maqsad qilgani, videotasvirdagi holat Jizzax viloyatining Zomin tumanida tasvirga olingani va  bo‘ri ushbu tumanda yashovchi fuqaro E.A.ning uyida saqlanayotganini bildirgan. Holat yuzasidan belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, Jizzax viloyati Ekologiya  va Ichki ishlar boshqarmalari xodimlariga tegishli maʼlumotlar taqdim qilingan.

 

Shundan so‘ng Zomin tumani Ekologiya bo‘limi va ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan o‘rganishlar davomida “Turkman” MFYda yashovchi K.G‘. ismli fuqaro o‘z xonadonida bo‘rini noqonuniy tarzda tutqunlikda saqlab kelayotganligi aniqlangan. Ushbu  fuqaro bu harakati bilan O‘zbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunining 4, 32, 33-moddalari  talablarini buzgan.

 

Mazkur fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddasi, 1-bandiga asosan BHMning 10 baravari — 3 mln so‘m miqdorida jarima belgilangan.

 

“Davlat inspektorlari tomonidan bo‘rining holati ko‘zdan kechirilganda jonivor sog‘lom ekanligi maʼlum bo‘ldi. Shundan so‘ng  bo‘ri tabiat bag‘riga qo‘yib yuborildi”, — deyiladi xabarda.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"