O'zbekiston

“Prava” uchun imtihonda “soqqa” qiluvchilar ushlandi

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.

“Prava” uchun imtihonda “soqqa” qiluvchilar ushlandi

 

Haydovchilik guvohnomasi olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

 

Qayd etilishicha, departamentning Buxoro viloyati Vobkent tumani bo‘limi IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan. Unda fuqarolar Sh.A., I.I. va M.R. fuqaro I.I.ni haydovchilik guvohnomasi olishi uchun bo‘ladigan imtihondan o‘tkazib qo‘yish evaziga 400 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Qashqadaryo viloyati Koson tumanida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro N.X. fuqaro A.P.ni haydovchilik guvohnomasi olishi uchun bo‘ladigan imtihondan go‘yoki Ichki ishlar organlarida ishlovchi tanishi yordamida o‘tkazib qo‘yish evaziga 2,2 mln so‘mini qo‘lga kiritganligi aniqlanib, shundan 2 mln so‘mni qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

 

Shuningdek, departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan ham tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro b.Sh. fuqaro S.K.ni haydovchilik guvohnomasi olish uchun bo‘ladigan imtihondan tanishlari yordamida o‘tkazib qo‘yish evaziga 2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

“Prava” uchun imtihonda “soqqa” qiluvchilar ushlandi