O'zbekiston

Jizzaxda 8 ta avtomobil to‘qnashdi

YTHga uchragan avtomobillar orasida yo‘lovchi avtobusi ham bor.

Jizzaxda 8 ta avtomobil to‘qnashdi

 

Jizzax shahrida avtobus bir nechta avtomobillar bilan to‘qnashdi. Voqea 2023 yil 17 yanvar kuni soat 21:00 larda Jizzax shahar “Mustaqillik shoh” ko‘chasida sodir bo‘lgan. Holat yuzasidan YHXBB xabar berdi.

 

Unda “ANKAI” rusumli “Jizzax avtotrans servis” MCHJga qarashli yo‘lovchi tashuvchi avtobusni yo‘lovchilarsiz boshqarib ketayotgan haydovchi A.N. harakat davomida charchoq alomati bo‘lib, uxlab qolgan.

 

Oqibatda, rul boshqaruvini yo‘qotib “JizzaxPlasTex” korxonasi oldidagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda navbat kutib to‘xtab turgan haydovchi Q.A.ga tegishli “Damas”ning orqa qismiga kelib urilgan. Natijada, “Damas” avtomobili yo‘lning o‘ng tomon chetiga chiqib ag‘darilib ketgan hamda avtobus harakatini davom ettirib:

— haydovchi T.K.ga tegishli “Nexia-2” rusumli;

— haydovchi T.U.ga tegishli “Nexia-2” rusumli;

— haydovchi Z.Sh.ga tegishli “Cobalt” rusumli;

— haydovchi X.A.ga tegishli “Nexia-3” rusumli;

— haydovchi U.S.ga tegishli “Nexia-2” rusumli;

— haydovchi R.I.ga tegishli bo‘lgan “Lacetti” rusumli jami 7 ta transport vositalariga to‘qnashib YTH sodir etgan.

 

YTH natijasida “Damas” avtomobili haydovchisi, A.Q.ga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, ambulator tartibda davolanish uchun yashash manziliga yuborilgan.

 

Mazkur YTH yuzasidan Jizzax viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"