O'zbekiston

Baxtiyor Saidov BMT Bosh kotibining birinchi o‘rinbosari bilan Afg‘oniston masalasini muhokama qildi

Shuningdek, O‘zbekiston bilan BMT va uning ixtisoslashgan institutlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashdi.

Baxtiyor Saidov BMT Bosh kotibining birinchi o‘rinbosari bilan Afg‘oniston masalasini muhokama qildi

 

13-yanvar kuni Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov mamlakatimizga tashrif buyurgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining birinchi o‘rinbosari Amina Muhammad bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan BMT va uning ixtisoslashgan institutlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

 

A.Muhammad keyingi yillarda O‘zbekiston bilan BMT o‘rtasidagi muloqot sezilarli darajada kengayib, sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilganini taʼkidladi.

 

2023 yilga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlari, jumladan, Umumiy xavfsizlik va farovonlik yo‘lida Samarqand birdamlik forumi, Jahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi va boshqa anjumanlarni o ʼtkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Muloqot chog‘ida Afg‘onistondagi joriy vaziyatga alohida eʼtibor qaratildi. BMT vakillariga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Afg‘oniston hukumati bilan tomonlarning majburiyatlarini bosqichma-bosqich bajarish algoritmini tayyorlash va kelishish uchun yuqori darajadagi xalqaro muzokaralar guruhini shakllantirish tashabbusining dolzarbligi haqida maʼlumot berildi.

 

Afg‘oniston muammosini hal etish, afg‘on xalqiga, xususan, Termizdagi xalqaro logistika xabi imkoniyatlaridan kengroq foydalanish orqali insonparvarlik yordami ko‘rsatish bo‘yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

 

Muloqotda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"