O'zbekiston

O‘zbekiston dunyoda birinchi bo‘lib eTIR tashuvini amalga oshirdi

Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi buni “xalqaro transportda raqamli davrning boshlanishi” deya eʼtirof etmoqda.

O‘zbekiston dunyoda birinchi bo‘lib eTIR tashuvini amalga oshirdi

 

2022-yil 27-dekabr kuni O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida TIR-karnet kitobchalari asosida tashuvlarni elektron rasmiylashtirishni nazarda tutuvchi to‘liq raqamlashtirilgan “eTIR” tashuvi  muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

 

Toshkentdagi “Ark-Buloq” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postidan eksportga rasmiylashtirilgan sarxil va quruq mevalar ortilgan 4 ta konteynerdan iborat birinchi eTIR (multimodal) tashuvi o‘zbek tashuvchisi tomonidan Toshkent xalqaro aeroportidan Ozarbayjonning Boku aeroportiga yetkazildi va Boku Kargo Terminal bojxona postida eTIR elektron kafolati asosida importga rasmiylashtirildi.

 

Mazkur yangilik jahon biznes hamjamiyati tomonidan qizg‘in qarshi olindi va nufuzli xalqaro tashkilotlar, xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali keng eʼtirof etilmoqda.

 

Jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy yangiliklar saytida mazkur loyiha Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari o‘rtasida yuk tashish sharoitlarini yaxshilash g‘oyasining haqiqiy timsoli deya baholangan.

 

Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi rasmiy saytida ushbu voqeliqni «xalqaro transportda raqamli davrning boshlanishi” deya eʼtirof etdi. Taʼkidlanishicha, Hozirga qadar faqat O‘zbekiston, Ozarbayjon va Gruziya eTIR xalqaro tizimiga integratsiyani to‘liq yakuniga yetkazgan.  Tunis, Pokiston va Turkiya bu yo‘nalishdagi ishlarni hali davom ettirmoqda. Tashkilot 2023 yilda Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlarini bog‘lovchi koridorlar bo‘ylab eTIRni ommalashtirishga asosiy eʼtibor qaratilishini maʼlum qilgan.

 

Turkiy davlatlar tashkiloti rasmiy saytida “O‘zbekiston va Ozarbayjon dunyodagi birinchi global eTIR transport operatsiyasini amalga oshirdi” deya bayonot berdi va o‘z tabrigini yo‘lladi.

 

“Ushbu yutuq transport va tranzit sohasida kelgusidagi hamkorlik va innovatsiyalarni ilhomlantiradi, biz aʼzo davlatlarimizning bu boradagi saʼy-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga va yordam berishga tayyormiz” deyiladi tashkilotning rasmiy saytida eʼlon qilingan materialda.

 

Ozarbayjon iqtisodiyot vazirligi esa ikkala mamlakat o‘rtasida elektron tarzda amalga oshirilgan ushbu tashuvni “qog‘ozbozlik byurokratiyasi”ni chetlab o‘tgan ilk tashuv deya eʼtirof etdi.

 

Shuningdek, mazkur yangilik Turkiya ommaviy axborot vositalari orqali ham keng yoritilmoqda.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"