O'zbekiston

Saudiya Haj va umra ishlari vaziri Samarqandga tashrif buyurish niyatida

Tavfiq bin Favzon ar-Rabia O‘zbekiston delegatsiyasi bilan uchrashuvda Imom Buxoriy majmuasida qurilayotgan Muhammad sollallohu alayhi vasallam siyratlariga oid innovatsion muzeyning ochilish marosimiga borish niyatida ekanini maʼlum qildi.

Saudiya Haj va umra ishlari vaziri Samarqandga tashrif buyurish niyatida

 

8-yanvar kuni Jidda shahrida O‘zbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va umra ishlari vazirligi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘ldi

 

Muloqotda Haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia hamda Prezident maslahatchisi Muzaffar Komilov, Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev ishtirokida o‘zaro aloqalarning istiqbollari hamda 2023 yilgi haj mavsumini yuqori darajada tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

 

Uchrashuvda Prezident maslahatchisi Muzaffar Komilov O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni Podshohligi o‘rtasidagi hamkorlik bosqichlari, haj va umra tadbirlarini tashkil etish rivojlanib borayotgani, so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar taraqqiy etayotgani, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil avgust oyida ikki Muqaddas masjid xodimi, Podshoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saud taklifiga binoan, davlat tashrifi bilan Saudiya Arabistoniga borishi hamkorlik munosabatlarini yana-da yuksak darajaga ko‘tarishga xizmat qilayotgani alohida qayd etdi.

 

Shuningdek, Muzaffar Komilov Haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabiaga nufuzli anjumanga taklif etgani va samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, mazkur tashrif natijasida hamkorlik munosabatlarini yana-da takomillashtirish asosiy maqsad ekanini maʼlum qildi.

 

Vazir janoblari so‘nggi yillarda Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari rivojlanib borayotgani, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoniga davlat tashrifi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqqanini eʼtirof etdi.

 

Uchrashuvda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev haj va umra ziyoratchilariga xizmat ko‘rsatish sifatini yana-da oshirish borasida fikr-mulohazalarini aytdi.

 

Muzokaralarda Madina shahridagi Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam siyratlariga oid innovatsion muzey kabi Samarqand viloyati Imom Buxoriy majmuasida ham mazkur buyuk muhaddis hayoti va ijodiga bag‘ishlangan muzey barpo etish ishlari jadal davom ettirilayotganini bayon qilindi. Vazir ushbu muzeyning ochilish marosimiga borish niyatida ekanini maʼlum qilgan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"