O'zbekiston

Jizzaxda tibbiyot universiteti filiali tashkil etiladi

Unga qabul yangi o‘quv yilidan boshlanadi.

Jizzaxda tibbiyot universiteti filiali tashkil etiladi

 

2023/2024-o‘quv yilidan boshlab Samarqand davlat tibbiyot universitetining Jizzax filiali tashkil etiladi. Bu haqda «O‘zA» axborot agentligi xabar bermoqda.

 

SamDTU Jizzax filialining asosiy vazifalari hududda malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash, xorijiy oliy taʼlim muassasalarining ilg‘or tajribasini tatbiq etish asosida malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish kabilardan iborat.

 

Shuningdek, fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlari tibbiyot amaliyotidagi mavjud muammolar yechimiga qaratilib, tibbiy taʼlim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar natijalarining uzviy bog‘liqligi yo‘lga qo‘yiladi.  

 

Xorijiy tibbiyot oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik doirasida talabalar, professor-o‘qituvchilar va ilmiy izlanuvchilar akademik mobilligi dasturlari hamda qo‘shma taʼlim dasturlarini joriy etish va rivojlantirish asosiy vazifalardan hisoblanadi.

 

Respublika va xorijiy oliy taʼlim muassasalari, ilmiy markazlarga iqtidorli yosh bitiruvchilarni magistratura, doktoranturaga muntazam yuborish orqali filialda ilmiy-pedagogik kadrlar salohiyatini oshirib borish ham ko‘zda tutilgan.

 

SamDTU Jizzax filialining mintaqa va xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish maqsadida xorijiy fuqarolar uchun taʼlim olish imkoniyatini kengaytirish va ilg‘or xalqaro tajribalarni tatbiq etish ham rejalashtirilgan.  

 

Bundan tashqari, 2023-2024 o‘quv yilidan Jizzax davlat pedagogika universitetining “Davolash ishi” va “Pediatriya ishi” bakalavriat taʼlim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga o‘qishini SamDTUning Jizzax filialida davom ettirishlariga ruxsat beriladi.

 

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda viloyatda Jizzax davlat pedagogika universiteti, politexnika instituti, Sambharm universiteti, O‘zbekiston Milliy hamda Qozon Federal universitetlarining Jizzax filiallari faoliyat olib bormoqda.  

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"