Jahon

Bayden bir qarorga kela olmayapti

Uning prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘yishi nomaʼlum.

Bayden bir qarorga kela olmayapti

 

AQSH prezidenti Jo Bayden o‘z lavozimiga qayta saylanish borasida hali bir qarorga kelmagan. Bu haqda «Interfaks» nashri xabar bermoqda.

 

Avvalroq Bayden bu haqda Sent-Kroa orolida o‘tkazadigan taʼtil vaqtida oilasi, bir nechta do‘stlari va ittifoqchilari bilan maslahatlashgan holda qaror qilishi mumkinligi aytilgandi.

 

Baydenning yaqinlari uning pezidentlikka yana o‘z nomzodini qo‘yish ehtimoli katta ekaniga ishonishadi va bu fevral oyi o‘rtalarida eʼlon qilinishi mumkin.

 

Boshqalar 80 yoshli prezidentning saylov kampaniyasi oqibatlaridan xavotirda ekanini bildirishgan. Prezidentning rafiqasi Jill Bayden ham uning nomzodlik qarorini qo‘llab-quvvatlaydi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"