O'zbekiston

23 yoshli talaba “Besh tashabbus” tanlovi o‘tkazaman deb birovning kartasidagi pullarni o‘zlashtirdi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

23 yoshli talaba “Besh tashabbus” tanlovi o‘tkazaman deb birovning kartasidagi pullarni o‘zlashtirdi

 

Qashqadaryolik 23 yoshli talaba buxorolik shaxsni chuv tushirdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida istiqomat qiluvchi 1987-yilda tug‘ilgan I.M. ariza bilan murojaat qilgan. Telegram messenjerida nomaʼlum shaxs unga “Besh tashabbus” ko‘rik tanlovi o‘tkazilayotganini va o‘zi hakamlar hayyati rahbari ekanligini maʼlum qilib, 3 mln so‘m evaziga qimmatbaho sovg‘a yutib olishi mumkinligiga ishontirgan. Shundan so‘ng I.M. pullarni bank kartasi orqali o‘tkazib bergan va u nomaʼlum tarzda yo‘qolib qolgan.

 

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlarida firibgarlik yo‘li bilan pullarni o‘zlashtirgan shaxs Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida yashovchi universitet talabasi  Q.X. ekanligi aniqlangan.

 

Hozirda Q.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

custom img

“YEROSTIGAZ” AJ tomonidan korxonadan asossiz 2,8 mlrd so‘m mablag‘ olingani aniqlandi

Tarifni deklaratsiyasiz oshirish holati yuzasidan AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

custom img

Samarqandda MIB orqali garovdagi mulk topilib, xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro bankdan olgan qarzini to‘lamay kelgan. Garov evaziga qo‘yilgan avtomashinasini esa yashirib qo‘ygan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga bordi

Davlat rahbari safarini Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.

custom img

Andijonda yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida 8 yoshli bola vafot etdi

Yuk mashinasi harakatlanib ketayotgan vaqtda bola piyodalar o‘tish joyidan yugurib chiqqan.

custom img

Qo‘qondagi ko‘p qavatli uyda portlash yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Tergov-tezkor guruhi tuzilib, hodisa sabablarini aniqlash va hujjatlashtirish ishlari boshlangan.

custom img

Misrda vafot etgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga qaytarildi

Elchixona diplomatlari tomonidan mahrumning yaqinlariga aviakompaniya bilan bog‘liq va dafn marosimlari kabi tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam berildi.

custom img

Jizzax viloyatida ta’lim sohasi mansabdori pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi

U Maktabgacha ta’lim tashkilotida tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga muassasa rahbaridan 4 million 800 ming so‘m pul talab qilgan.

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada bolani yuqori kuchlanishli tok urdi

Hodisa oqibatida bolaning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"