O'zbekiston

O‘zbekistonda QQS 12 foizga pasaytirilmoqda

Prezident 2023-yilgi soliq siyosatini tasdiqladi.

O‘zbekistonda QQS 12 foizga pasaytirilmoqda

 

O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 15 foizdan 12 foizga pasaytirilmoqda. Prezident 2023-yilgi soliq siyosatini tasdiqladi.

 

Maʼlum qilinishicha, aylanmadan olinadigan soliqni unifikatsiya qilish orqali yagona 4 foizlik stavka o‘rnatilib, mavjud pasaytirilgan stavkalarni saqlab qolish taklif qilinmoqda.

 

Shu bilan birga, aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilarga tovar aylanmasi 500 mln so‘mgacha bo‘lganda yiliga 20 mln so‘m, 500 mln so‘mdan yuqori bo‘lganda 30 mln so‘m miqdorida qatʼiy belgilangan soliqni har oyda teng ulushlarda to‘lashni tanlash huquqi berilmoqda.

 

Tovar aylanmasi 1 mlrd so‘mdan oshgan kichik biznes toifasiga kiruvchi tadbirkorlar uchun 1 yil davomida foyda solig‘i stavkasini 2 baravarga pasaytiriladi.

 

Kichik biznesdan o‘rta biznes toifasiga o‘tgan tadbirkorlar uchun 2 yil davomida foyda solig‘i stavkasini 2 baravarga pasaytiriladi.

 

Jismoniy shaxslar o‘z daromadlarini ipoteka kreditlarini qoplashga yo‘naltirganda soliqqa tortilmaydigan daromadlar miqdori amaldagi yillik 15 mln so‘mdan 73,6 mln so‘mgacha oshiriladi.

 

2023 yilning 1 aprelidan boshlab jismoniy shaxslarning hayotini uzoq muddatga sug‘urtalash haqini to‘lashga yo‘naltiriladigan jismoniy shaxslarning daromadlari qismida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlar bekor qilinmoqda.

 

Eksport qilishdan olingan daromadlar hajmining ulushidan qatʼi nazar, eksport qilingan tovarlar (xizmatlar) qismiga nisbatan foyda solig‘i va aylanmadan olinadigan soliq solinmasligi belgilanmoqda.

 

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i, cuv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer solig‘ining bazaviy stavkalari o‘rtacha 10 foizga indeksatsiya qilinmoqda.

 

Qatʼiy belgilangan miqdorlarda soliqni to‘lovchi jismoniy shaxslar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasi 10 foizga indeksatsiya qilinmoqda.

 

2023 yil 1 fevraldan boshlab alkogol, tamaki, benzin, dizel va gazni sotishda aksiz solig‘i stavkasi 10 foizga indeksatsiya qilinadi.

 

Alkogol va tamaki mahsulotlari importi uchun stavkani 5 foizga pasaytirish taklif qilinmoqda.

 

Noturar ko‘chmas mulk obyektiga ega jismoniy shaxslar suv solig‘ini yakka tartibdagi tadbirkorlar kabi to‘lashga o‘tkaziladi.

 

Tadbirkorlarni QQSni to‘lashga o‘tkazish tovar aylanmasi 1 mlrd so‘mdan oshgan sanadan boshlab amalga oshirilishi belgilanmoqda. Amalda ushbu chegaraviy summa oshgan oydan keyingi oyning 1-sanasidan o‘tadi.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"