O'zbekiston

Endi hokimlar lavozimiga yangi tartibda tayinlanadi

Adliya vazirligi hokimlarni lavozimiga tayinlash va nomzodini ilgari surishni demokratik tamoyillar asosida amalga oshirishni taklif qilmoqda.

Endi hokimlar lavozimiga yangi tartibda tayinlanadi

 

Adliya vazirligi hokimlarni lavozimiga tayinlash va nomzodini ilgari surishni demokratik tamoyillar asosida amalga oshirishni taklif qilmoqda. Vazirlik bu borada tegishli qonun loyihasini ham ishlab chiqqan.

 

Unga ko‘ra, hokimlikka nomzodlari tegishlicha xalq deputatlari Kengashlariga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan siyosiy partiya aʼzolari orasidan taklif etiladi.Hokim nomzodi uning uchun tegishincha xalq deputatlari Kengashlari deputatlari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchiligi tomonidan ovoz berilgan taqdirda maʼqullangan hisoblanadi.Shuningdek, hokim lavozimiga nomzod aholini qiynayotgan ustuvor muammolarni hal etishga hamda cheklangan resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha batafsil chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi hududni rivojlantirish bo‘yicha o‘z dasturini taqdim etadi.

 

Bundan tashqari:

Maʼqullangan nomzodlar kelgusida Prezidentga taqdim etilishi uchun Bosh vazirga taklif etiladi. 

 

Bosh vazir tomonidan maʼqullangan hokim nomzodi 7 kun muddat ichida ko‘rib chiqilib, nomzod Prezidentga taqdim etiladi yoki taqdim etish rad qilinadi.Viloyat va Toshkent shahar hokim nomzodi Prezident tomonidan o‘n kun muddat ichida ko‘rib chiqiladi va lavozimga tayinlanadi yoki tayinlash rad etiladi.Viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodi Prezident tomonidan rad etilgan taqdirda, yangi nomzodlarni taqdim etish ushbu moddada belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda, hokim nomzodi ikki marta Prezident tomonidan rad etilsa, ushbu moddaning birinchi–uchinchi qismlaridan belgilangan tartibda maʼqullangan nomzod xalq deputatlari Kengashi tomonidan hokim etib tayinlangan hisoblanadi.Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengash tomonidan tuman, shahar, shaharga bo‘ysunadigan tuman va tumanlarga bo‘ysunadigan shahar hokimi nomzodi tegishincha viloyatlar, Toshkent shahar va shahar hokimiga taklif etiladi.Viloyatlar va Toshkent shahar hokimi o‘n kun muddat ichida nomzodni ko‘rib chiqadi hamda lavozimiga tayinlaydi.

 

Viloyatlar va Toshkent shahar hokimini lavozimdan ozod etish Prezidenti tomondan, tuman (shahar) hokimlarini lavozimdan ozod etish viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan amalga oshiriladi.

 

Hokimlarning vakolat muddati – besh yil. Amaldagi hokim o‘z vakolatlarini yangi tayinlangan hokim lavozimga kirishguniga qadar bajaradi (bundan hokimlarni lavozimdan ozod etish asoslari mustasno).Alohida hollarda, Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki o‘z shaʼni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan xatti-harakat sodir etgan hokimlarini Prezident o‘z qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"