O'zbekiston

“Surxondaryo suv taʼminoti” xodimlari 4 oydan beri maosh olmayaptimi?

Viloyatda ichimlik va oqava suvdan debitor qarzdorlik 54 mlrd so‘mdan oshib ketgan.

“Surxondaryo suv taʼminoti” xodimlari 4 oydan beri maosh olmayaptimi?

 

Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zsuvtaʼminot” AJ Surxondaryo viloyati bo‘limi xodimlariga to‘rt oydan buyon oylik maoshlari berilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan “Surxondaryo suv taʼminoti” MCHJ rasmiy munosabat bildirdi.

 

Maʼlum qilinishicha, viloyat bo‘yicha ichimlik va oqava suvdan debitor qarzdorlik 54 mlrd so‘mdan oshib ketgan. Shundan aholi qarzdorligi 51 mlrd 380 mln, yuridik va byudjet tashkilotlar qarzdorligi 2 mlrd 780 mln so‘mni tashkil qiladi.

 

“Isteʼmolchilar to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmagani bois tashkilot oylik maosh to‘lovlarida kechikish yuzaga kelmoqda va ushbu to‘lovlarni amalga oshirish uchun kredit mablag‘lari jalb qilinmoqda.

 

Shu o‘rinda Surxondaryo viloyatida joylashgan yuridik tashkilotlar va viloyatimizda istiqomat qiluvchi fuqarolarimizdan ichimlik suvi uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishlarini so‘rab qolamiz”, — deyiladi xabarda.

 

“Surxondaryo suv taʼminoti” MCHJ ishchi xodimlariga oylik maoshlari sentyabr oyiga avans pullari berilgan. Kelgusi hafta yakuniga qadar tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlar maoshi 1 dekabr holatiga to‘liq to‘lab beriladi.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"