O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri bilan uchrashdi

Muzokaralarda Markaziy Osiyoda yirik infratuzilmaviy loyihalarni ilgari surish masalalari muhokama qilingan.

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri bilan uchrashdi

 

Bugun, 23-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi investitsiyalar vaziri Holid al-Falih boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.

 

Ko‘p qirrali O‘zbekiston-Saudiya hamkorligini yana-da kengaytirish, eng avvalo, O‘zbekiston Prezidentining joriy yil avgust oyidagi Saudiya Arabistoniga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Uchrashuv avvalida investitsiyalar vaziri samimiy qabul uchun O‘zbekiston yetakchisiga minnatdorlik bildirib, Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud va Valiahd, Bosh vazir Muhammad bin Salmon Ol Saudning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

 

O‘zbekiston rahbari ikki tomonlama munosabatlar jadal rivojlanib borayotganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdi. Jumladan, joriy yil boshidan o‘zaro savdo hajmi qariyb 10 barobar oshdi. Mamlakatda Saudiya investitsiyalari ishtirokida 40 ta korxona tashkil etilgan.

 

Birgalikda energetika, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, bank, telekommunikatsiyalar, tibbiyot va turizm sohalarida yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Saudiya taraqqiyot fondi ko‘magida sog‘liqni saqlash, taʼlim va suv taʼminoti sohalarida qator ijtimoiy ahamiyatga ega dasturlar ro‘yobga chiqarilmoqda.

 

Bugun Saudiya Arabistonining 30 dan ortiq yetakchi kompaniyasi ishtirokida o‘tgan biznes forumining samarali yakunlari yuksak baholandi. “ACWA Power” kompaniyasi bilan Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanida uchta shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha investitsiya bitimi imzolangani tadbirning muhim natijalaridan biri bo‘ldi.

 

Muzokaralar chog‘ida Markaziy Osiyo mintaqasida yirik infratuzilmaviy loyihalarni ilgari surish masalalari ham muhokama qilindi.

 

Boshlangan investitsiya loyihalarining bajarilishini jadallashtirish va yangilarini tayyorlash borasidagi, shu jumladan, Ishbilarmonlar kengashi doirasidagi hamkorlikni yana-da faollashtirishga kelishib olindi.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"