O'zbekiston

“UzAuto TRAILER” qariyb 565 mlrdga Rossiya kompaniyasiga sotildi

Uning ustav kapitali 156,3 mlrd soʻmni tashkil etadi.

“UzAuto TRAILER” qariyb 565 mlrdga Rossiya kompaniyasiga sotildi

 

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “UzAuto TRAILER” MCHJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini 561,1 mlrd soʻmga (Tatariston, Rossiyaga) sotish boʻyicha kelishuvga erishdi. Bu haqda "davaktiv.uz" xabar berdi.

 

Sotuv jarayonida “Mosaic Financial” MCHJ konsalting kompaniyasi Davaktiv agentligining xususiylashtirish boʻyicha konsultanti vazifasini bajardi, Korxonani mustaqil baholash xalqaro baholovchi kompaniya “PricewaterhouseCoopers” MCHJ tomonidan amalga oshirildi.

 

Konsultant va Davaktiv agentligi tomonidan xususiylashtirish jarayoni doirasida ham mahalliy, ham xalqaro darajada keng koʻlamli marketing ishlari amalga oshirildi, jumladan investitsiya tizerlari konsultantning investorlar tarmogʻi orqali turli xorijiy investorlarga (investor sounding) yuborilishi natijasida Yevropa, MDH va Oʻzbekistondagi investorlardan sotib olish boʻyicha qiziqish toʻgʻrisida 6 ta arizalari (Express of Interest) kelib tushdi.

 

Talabgorlar xususiylashtirish jarayonida ishtirok etilishini taqiqlashi mumkin boʻlgan maʼmuriy, hakamlik yoki boshqa sud jarayonlarining yoʻqligi hamda Yevropa Ittifoqi va Amerikaning, shuningdek yirik xalqaro moliya institutlarining sanksiyalari roʻyxatiga kiritilmaganligi yuzasidan oʻrganilgan.

 

Barcha talabgorlar xususiylashtirish jarayonining keyingi bosqichiga oʻtkazilgan va talabgorlar bilan Axborotni oshkor etmaslik toʻgʻrisidagi bitim (NDA) imzolanib, Majburiyatga ega boʻlmagan takliflari (NBO)ni tayyorlash uchun Konsultant tomonidan ishlab chiqilgan tahliliy maʼlumotlar bilan tanishish imkoniyati yaratilgan.

 

Ushbu bosqichda 2022-yil 17-oktyabrgacha boʻlgan muddatda 5 ta Majburiyatga ega boʻlmagan takliflar (NBO) taqdim etildi hamda ular Konsultant tomonidan taklif qilinayotgan majburiyatga ega boʻlmagan narx taklifini moliyalashtirish qobiliyatiga ega boʻlganligi aniqlandi va Majburiyatga ega boʻlgan takliflar (BO)ni taqdim etish bosqichiga taklif etildi.

 

Kelib tushgan Majburiyatga ega boʻlgan takliflarni belgilangan malaka mezonlariga muvofiqligi, mintaqadagi ish faoliyati, Bitimni yopish shartlari va Korxonaning baholangan qiymatidan yuqoriligi boʻyicha eng yaxshi xarid qiymatini taqdim etgan “Innovatsionnыy industrialniy park-Texnopark v sfere visokix texnologiy “Texnopolis “Ximgrad” AJ xalqaro tender natijalari boʻyicha gʻolib deb topildi.

 

“UzAuto TRAILER” korxonasi 2012-yil 4-iyunda Samarqand viloyati Jomboy tumanida tashkil etilgan. Korxonada tirkama texnikalari va turli xil yuk avtomobillari (shassi) uchun osma texnikalarini ishlab chiqariladi. Korxonaning loyihaviy quvvati 3 ming donagacha: 2 ming dona yarim tirkama va ming dona osma texnika, Iqtisodiyotning turli tarmogʻini taʼminlash uchun keng qamrovli avtomobil texnikalarini, shu jumladan samosval kuzovi, yarim tirkamalar, konteyner tashuvchilar, tentli kuzovlar, izotermik yarim tirkamalar va furgonlar ishlab chiqarish oʻzlashtirilgan, ustav kapitali 156,3 mlrd soʻmni tashkil etadi.

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada tok urgan 6 yoshli bola ishi bo‘yicha sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

custom img

O'zbekistonda “Raqamli iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash” mavzusida ilmiy- amaliy anjuman bo'lib o'tdi

Tadbirning asosiy maqsadi jamoatchilik ongi va iqtisodiy subyektlar ongida iqtisodiy xavfsizlik tushunchasini kengaytirish, raqamli iqtisodiyot sharoitida yuzaga kelayotgan tahdid va xavf-xatarlarni ilmiy jihatdan tahlil qilish hamda iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashda samarali muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Buxoroda 13 yoshli qiz ona bo'ldi

Gumonlanuvchi hozirda qamoqqa olingan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Surxondaryoda tomorqadan yiliga uch marta hosil olish amaliyoti kengaymoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termizda “Tomorqa maktabi” faoliyati bilan tanishdi.

custom img

“YEROSTIGAZ” AJ tomonidan korxonadan asossiz 2,8 mlrd so‘m mablag‘ olingani aniqlandi

Tarifni deklaratsiyasiz oshirish holati yuzasidan AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

custom img

Samarqandda MIB orqali garovdagi mulk topilib, xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro bankdan olgan qarzini to‘lamay kelgan. Garov evaziga qo‘yilgan avtomashinasini esa yashirib qo‘ygan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga bordi

Davlat rahbari safarini Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.

custom img

Andijonda yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida 8 yoshli bola vafot etdi

Yuk mashinasi harakatlanib ketayotgan vaqtda bola piyodalar o‘tish joyidan yugurib chiqqan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"