O'zbekiston

Surxondaryoda svetofor ishlamagani sabab avtohalokat sodir bo‘ldi

Qurbonlar va jarohatlanganlar haqida maʼlumot berildi.

Surxondaryoda svetofor ishlamagani sabab avtohalokat sodir bo‘ldi

 

Surxondaryo viloyati IIB Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, 19-dekabr kuni soat 07:30 larda M-41 avtomobil yo‘lining 1609-kilometrida Termiz—Denov yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan Nexia-3 bilan yana bir Nexia o‘zaro to‘qnashgan. 

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, Nexia-1 haydovchisi va bir nafar yo‘lovchisi olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan. Qolgan uch nafar yo‘lovchi va Nexia-3‘ning haydovchisi og‘ir tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

 

O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, chorrahada vaqtinchalik elektr energiyasi uzib qo‘yilgani sabab o‘rnatilgan svetoforning ishlamagan. Yo‘l belgilari bilan tartibga solingan ushbu chorrahada Nexia-1 avtomobili asosiy yo‘ldan harakatlanib kelayotgan Nexia-3‘ga yo‘l bermasdan, harakatlanib chiqib kelgan.

 

Xabarda svetoforning noqonuniy elektr tarmog‘iga ulangani uchun tarmoqdan ajratib qo‘yilgani qayd etilgan.

 

Holat yuzasidan JKning 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"