O'zbekiston

"Qoraqalpog‘iston tashvishi – butun O‘zbekiston tashvishi"

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston voqealariga to‘xtaldi.

"Qoraqalpog‘iston tashvishi – butun O‘zbekiston tashvishi"

 

«Hammamiz ko‘rib-bilib turibmiz – bugun insoniyat nihoyatda murakkab davrni boshidan kechirmoqda.

Yer yuzidagi iqlimning keskin o‘zgarishi, suv va tabiiy resurslar kamayishi bilan bog‘liq muammolar katta xatarlarga aylanmoqda.

Xalqaro munosabatlarda o‘zaro ishonch kamayib, qarama-qarshilik va mojarolarning ortishi barqarorlik va rivojlanishga jiddiy xavf solmoqda.

Afsuski, bunday xavf-xatarlar bizni ham chetlab o‘tmayapti.

Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan noxush voqealar xalqimizni qattiq qayg‘uga soldi.

Xudoga shukur, ko‘p millatli xalqimizning oqilligi va donishmandligi bilan vaziyat tezda izga tushdi.

Biz uchun “Qoraqalpog‘iston yutug‘i – butun O‘zbekiston yutug‘i, Qoraqalpog‘iston tashvishi – butun O‘zbekiston tashvishi”, degan g‘oya hamisha amaliy harakat dasturi bo‘lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi!

Bizning ezgu maqsadimiz – birgalikdagi mehnatimiz bilan Yangi O‘zbekistonda har tomonlama rivojlangan, obod va farovon Yangi Qoraqalpog‘istonni bunyod etishdir.

Asrlar davomida et va tirnoq kabi bir bo‘lib ketgan xalqlarimiz do‘stligiga, hech qanday kuch taʼsir ko‘rsata olmaydi. Chunki, bizning o‘tmishimiz bir, bugunimiz ham, kelajagimiz ham bir!»

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"