O'zbekiston

O‘zbekistonda Qirg‘iziston savdo vakolatxonasi ochiladi

Shuningdek, yana ikki davlatda Qirg‘izistonning vakolatxonalari tashkil etildi.

O‘zbekistonda Qirg‘iziston savdo vakolatxonasi ochiladi

 

O‘zbekiston, Xitoy, Turkiyada Qirg‘iziston Iqtisodiyot va savdo vazirligining savdo vakolatxonalari tashkil etildi. Tegishli qaror Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi majlisida qabul qilindi.

 

Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmatining taʼkidlashicha, maqsad tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligini oshirish va boshqa davlatlarda Qirg‘iziston Respublikasining tashqi iqtisodiy manfaatlari himoyasini taʼminlashdan iborat.

 

“Taʼkidlash joizki, mahalliy ishlab chiqaruvchilar, ayniqsa, kichik va o‘rta biznes subyektlari mahsulotlarni tashqi bozorga olib chiqishda boshqa mamlakatlardagi import tartib-qoidalari va tashqi bozor talablari haqida yetarlicha maʼlumot yo‘qligi sababli ko‘plab muammolarga duch kelmoqda. Savdo hamkorlarini topish, mahsulotlarini ilgari surishda muammolar mavjud. Tadbirkorlar ko‘pincha sotish bozorini aniqlash uchun bozor tadqiqotlarini o‘tkazish imkoniyatlariga ega emas”, — deyiladi rasmiy bayonotda.

 

Aniqlangan muammolarni hal etish va mahalliy mahsulotlar eksportini rag‘batlantirish maqsadida savdo vakolatxonalarini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Boshqa mamlakatlar tajribasi savdo vakillari instituti eksportchilarni qo‘llab-quvvatlashning yetarlicha samarali mexanizmi hisoblanishini ko‘rsatgan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"