O'zbekiston

"Energiya taʼminoti “qo‘l boshqaruvi” orqali emas, tizim asosida ishlashi kerak"

Yig‘ilishda Bosh prokuratura, IIV, DXX, Milliya gvardiya, Energetika vazirligiga noqonuniy ulanishlar, o‘g‘irliklar bo‘yicha nazoratni kuchaytirish topshirildi.

"Energiya taʼminoti “qo‘l boshqaruvi” orqali emas, tizim asosida ishlashi kerak"

 

Viloyat hokimlariga o‘n kun muddatda ushbu obyektlarga birma-bir borib ko‘rib, sharoit va aholiga xizmat sifatini yaxshilash, energiya sarfi va yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha taklif berish topshirildi.

 

Bugundan boshlab hokimlar, sektor rahbarlari hamma kuchini safarbar qilib, sharoit og‘ir mahallalarda odamlarni rozi qilish bilan shug‘ullanishi kerakligi taʼkidlandi.

 

Bosh prokuratura, IIV, DXX, Milliya gvardiya, Energetika vazirligiga noqonuniy ulanishlar, o‘g‘irliklar bo‘yicha nazoratni kuchaytirish topshirildi.

 

“Umuman, energiya resurslari taʼminotidagi bugungi vaziyat tarmoq va hudud rahbarlari uchun katta saboq bo‘lishi lozim.

Energiya taʼminoti “qo‘l boshqaruvi” orqali emas, tizim asosida ishlashi kerak”, - dedi davlatimiz rahbari.

 

Ikki oy muddatda energiya taʼminoti tizimini o‘zgartirish, yangi talablarga moslashtirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish vazifasi qo‘yildi.

 

Ai-80 markali benzin narxini tushirish uchun 1 martgacha joriy etilgan aksiz solig‘idan ozod qilish imtiyozi joylarda “o‘yinga aylanib ketmasligi” kerakligi qatʼiy ko‘rsatib o‘tildi.

 

Bosh prokuratura va Monopoliya qo‘mitasiga viloyat hokimlari bilan birga:

 

  • birja savdolarida va yoqilg‘i quyish shoxobchalarida benzin narxining sunʼiy oshib ketishining oldini olish choralarini doimiy ko‘rib borish;
     

  • suyultirilgan gaz va ko‘mirni aholiga o‘z vaqtida yetkazib berish ustidan qatʼiy nazorat o‘rnatish topshirildi.

“Kuni-kecha Uchtepani aylanib, pastdagi ahvol bo‘yicha xulosalarimni qildim.

Ichki ko‘chalar, uy-joylar oldi tozaligini ham sizlarga Prezident aytishi kerak-mi?” — Shavkat Mirziyoyev.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"