O'zbekiston

Bu sohada o‘n yilga kechikkanmiz — Shavkat Mirziyoyev

Prezident “Uzbekistan airways” faoliyatini tanqid qildi.

Bu sohada o‘n yilga kechikkanmiz — Shavkat Mirziyoyev

 

Bugun, 14-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev “Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyatini transformatsiya qilishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

 

Davlat rahbarining 2021 yil 30 apreldagi qarorida fuqaro aviatsiyasi korxonalarini transformatsiya qilish bo‘yicha vazifalar belgilangan edi. Bu borada ilg‘or xorijiy tajriba o‘rganilmoqda, yetuk konsultantlar jalb etilmoqda.

 

Xususan, “Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyatini isloh qilish bo‘yicha turkiyalik mutaxassis Ilker Ayji jamoasi bilan ish olib borilmoqda. U “Turk havo yo‘llari” aviakompaniyasini boshqargan kezda uni mintaqaviy darajadan global miqyosga muvaffaqiyatli olib chiqqan.

 

Bugun “Uzbekistan airways” oldiga ham shunday vazifa qo‘yilgan. Mamlakatning geografik joylashuvi va soha infratuzilmasidan oqilona foydalanib, uni xalqaro transport xabiga aylantirish ko‘zda tutilgan.

 

Taqdimotda davlat rahbariga “O‘zbekiston havo yo‘llari”ni transformatsiya qilish va rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan strategiya haqida axborot berildi.

 

Unga muvofiq, aviakompaniyaga xalqaro tajriba asosida korporativ boshqaruv tizimi joriy etish, havo kemalarini ko‘paytirish, xizmatlar sifatini oshirish va yuk tashish tarmog‘ini kengaytirish choralari ko‘riladi. Xorijiy investorlarni jalb etgan holda aviakompaniyani jahon standartlari asosida xususiylashtirish ishlari yakuniga yetkaziladi.

 

Bulardan ko‘zlangan asosiy maqsad “O‘zbekiston havo yo‘llari”ni yetakchi mintaqaviy aviakompaniyaga aylantirish, shuningdek, aholining mahalliy va xalqaro yo‘nalishlarda arzon narxlarda harakatlanishini taʼminlashdan iboratdir.

 

Prezident bu rejalarni maʼqullab, uning ijrosiga tezroq kirishish kerakligini taʼkidladi.

 

“Bu sohada o‘n yilga kechikkanmiz. Aviakompaniya eskicha uslubda ishlayapti, yo‘lovchilar xizmat sifatidan rozi emas. Agar iqtisodiyotimizni, turizmni rivojlantiramiz desak, yakkayu yagona yo‘limiz shu”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Aviakompaniyada loyiha ofisi tuzib, tranformatsiya jarayonini muvofiqlashtirib borish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"