O'zbekiston

Turkiya – O‘zbekiston yo‘nalishida tashkil etilgan ilk poyezd Toshkentga yetib keldi

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha yana 250 dan ortiq vagon kelishi ko‘zda tutilgan.

Turkiya – O‘zbekiston yo‘nalishida tashkil etilgan ilk poyezd Toshkentga yetib keldi

 

Turkiyadan O‘zbekistonga birinchi marta yo‘nalishi tashkil etilgan ilk yuk poyezdi Toshkentga yetib keldi. Tantanali marosimida "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ boshqaruvi raisi X.Xasilov, Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Olgan Bekar hamda Turkiya temir yo‘llari vakillari ishtirok etdi.

 

2022 yil noyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan TDT prezidentlarining sammiti doirasida yangi transport tranzit koridorlarini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi. Ushbu kelishuv natijasida Toshkentga Turkiyaning Izmir shahridagi “Gumruh” stansiyasidan 40 ta vagondan iborat birinchi yuk poyezdi yetib keldi.

 

Qayd etish joizki, ushbu poyezd “Turkiya – Eron – Turkmaniston – O‘zbekiston” yo‘nalishida dastlabki yuk poyezdi hisoblanadi. Hozirda ushbu yo‘nalish bo‘yicha yana 250 dan ortiq vagon kelishi rejalashtirilgan.

 

Bundan tashqari, tashkil qilingan yo‘nalish katta rivojlanish salohiyatiga ega bo‘lib, O‘zbekiston yuklarini xalqaro yo‘nalishlarda tashish uchun qo‘shimcha yo‘nalish hisoblanadi. Shuningdek, tadbirkorlar uchun O‘zbekistondan Turkiyaga eksport yuklarini jo‘natishda hamda import yuklarini olib kelishda eng tez va qulay yo‘nalishlardan biridir.

 

Ushbu amalga oshirilayotgan ishlar mintaqadagi mavjud transport-kommunikatsiya tarmoqlari va infratuzilmasidan samarali foydalanishga, shuningdek, tashqi savdo yuklarini asosiy jahon va mintaqaviy bozorlarga tashish uchun vaqt va moliyaviy xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirishga imkon beradi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"