O'zbekiston

O‘zbekistonda zilzila kuzatildi

Zilzila episentri vodiy viloyatlaridan biri ekani aytilmoqda.

O‘zbekistonda zilzila kuzatildi

 

O‘zbekiston hududida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.

 

Zilzila soat 07:07 da qayd etilgan, episentri Andijon viloyati Asaka tumanida joylashgan. Kattaligi M=3,4, chuqurligi 15 kmni tashkil qilgan.

 

Zilzila o‘chog‘idan Toshkentgacha bo‘lgan masofa janubi-sharqiy yo‘nalishda 263 km.

 

Eslatib o'tamiz, Oʻzbekistonda 14-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan 15:42 da bir kun ichida uchinchi marta zilzila sodir boʻlgan edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"