O'zbekiston

Denovda 6 kishi “Damas” haydovchisini do‘pposladi

Viloyat prokuraturasi hodisa sababini ma’lum qildi.

Denovda 6 kishi “Damas” haydovchisini do‘pposladi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Denov tumanida ikki kishi ayovsiz kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.

 

Holat joriy yilning 11 noyabr kuni soat 12:30 larda Denov shahar “Jomiy” mahallasi hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘li bo‘yida yuz bergan. Shu mahallada yashovchi fuqaro A.U. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinasi bilan ichki yo‘ldan avtomobil yo‘liga harakatlanib chiqqan vaqtida “VAZ” furgon rusumli avtomashinasi bilan yo‘l talashib, furgon avtomashinasi haydovchi voyaga yetmagan E.M. va oldi yo‘lovchi B.S. bilan o‘zaro tortishib, janjalashib urishgach, tarqalishgan. 

 

Oradan 2 soat o‘tib, taxminan 14:30 larda E.M., B.S. o‘zlarining jinoiy sheriklari, B.A., Sh.M., A.A., B.Sh.lar bilan birgalikda Denov tumani “Jomiy” mahallasida joylashgan fuqaro A.U.ning “Baraka” nomli savdo do‘koni yonida A.U. va U.A. bilan janjallashib qolishib, bir-birlariga tan jarohati yetkazgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Denov tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

 

Jinoyat ishining tergovi ustidan prokuror nazorati o‘rnatilgan.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"